So’nggi yangiliklar

12:11Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг U-23 Осиё Кубоги саралаши учун таркиби маълум  0 11:42"Реал" диктатор туфайли янги футболчисининг исмидан воз кечди  2 11:20Ўзбекистон U-17 нега саралашда ўйнамайди?  1 10:43Кэрни Чуквуэмеки фаолиятини Бундеслигада давом эттиради  1 10:15"Тоттенхэм" "Ман Сити" футболчисини қўлга киритиш учун нархни кўтарди  0 10:03Бугун "Севинч" Осиё Чемпионлар Лигаси гуруҳ босқичига чиқиш йўлланмаси учун майдонга чиқади  0 09:48Эдегор ва Саканинг жароҳати ҳақида маълумот берилди  2 09:22Пролига. Бугун дерби бўлиб ўтади  1 08:54"Байер" "Манчестер Сити" футболчини қўлга киритишга яқин  0 08:25Кечаги дурангдан сўнг Аморим нималар деди?  5 07:56Sofascore. Кечаги учрашувда дубл ассист қилган Ғаниев неча баҳо олди?  1 07:31Ўзбекистон кубоги. Бугун илк ярим финалчи аниқланади  6 02:27Ла Лига. "Реал Мадрид" меҳмонда "Реал Овьедо"ни йирик ҳисобда таслим этди  68 01:53А Серия. "Ювентус" "Парма"ни ишончли ҳисоб билан таслим этди, "Аталанта" эса ўз уйида "Пиза"ни юта олмади  4 00:34Байиндир — МЮ таркибида АПЛнинг икки турида яққол голли вазият яратган ягона футболчи  5

Azamat Abduraimov: “BAA bilan o'yinlar - Osiyo chempionati saralashidan oldingi so'nggi repeticiya” Yangiliklar

Azamat Abduraimov: “BAA bilan o'yinlar - Osiyo chempionati saralashidan oldingi so'nggi repeticiya”

Joriy yilning 18-22 sentyabr kunlari Toshkentda Osiyo chempionati saralash bahslari bo'lib o'tadi.

Ushbu musobaqaga tayyorgarlik doirasida O'zbekiston U-16 terma jamoasi Toshkentda BAA U-16 terma jamoasiga qarshi 8 va 11 sentyabr kunlari ikkita o'yin o'tkazadi. Bugun, 7 sentyabr kuni o'smirlar terma jamoamiz ustozi Azamat Abduraimov ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi.

- Bu Osiyo chempionati saralashidan oldingi so'nggi o'rtoqlik o'yinlari bo'ladi. SHu bois albatta hujumkor o'yin namoyish etishga harakat qilamiz. Ammo ikkala uchrashuvdagi natija muhim ahamiyat kasb etmaydi, xuddi oldingi yig'inlardagi natijalar muhim bo'lmagani kabi.

Afsuski yil boshida bizda yig'inlar va o'yinlar o'tkazmadik. Faqatgina so'nggi ikki oyda biz ko'plab musobaqalarda ishtirok etdik va o'yinlar o'tkazdik. SHu bois BAA bilan ilk o'yinda bundan oldin kamroq o'ynagan yoki umuman o'ynamagan futbolchilarni sinab ko'raman. Osiyo chempionati saralashiga Terma jamoa asosi malum bo'lgan. Ikkinchi bahsda aynan mana shu futbolchilar maydonga tushishadi.

Moskvada o'tgan xotira turniridan so'ng O'FA har bir klub akademiyasiga xat yo'lladi. Ushbu xatda O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi safida Rossiyadagi musobaqada ishtirok etgan futbolchilarga dam olish va jarohatlarini davolab olish imkoniyatini yaratib berishlarini so'ralgan edi. "Paxtakor", "Bunyodkor" va boshqa klublar bu iltimosimizni erda qoldirmadi. Biroq "Nasaf" akademiyasi azolari Xayrullaev, Akromov va Ubaydullaev o'yinlarda maydonga tushaverishdi. Terma jamoa asosiy hujumchisi Akromov hozir mashg'ulot o'tkazmayapti. Uning tizzasida og'riq bor. Xayrullaev va Ubaydullaev esa hozir jismoniy jihatdan juda yomon holatda. SHu bois yig'in vaqtida bu futbolchilar tiklanish jarayonini o'tkazishmoqda. Bu hech qanday bahona emas, shunchaki terma jamoa manfaati klublardan ustun turishi kerak deb o'ylayman.



Bundan tashqari terma jamoamiz asosiy himoyachisi Bobur Mo'ydinov jarohat olgan va yaqinda operaciya qilindi. U Tojikistonda o'tgan CAFA musobaqasida va Rossiyadagi "Star Way" xotira turnirida ishtirok etgandi.

O'FA rahbariyati saralashga to'liq tayyorgarlik ko'rishimiz uchun barcha sharoitlarni yaratib berishmoqda. Futbolchilar katta yuklamalar olishdi shu bois ularga tiklanish uchun vitaminlar zarur.

Raqiblar haqida u qadar to'liq malumotga ega emasmiz. O'FA xalqaro bo'limi yordamida ularni o'rgandik. Masalan, Hindiston o'smirlari o'z mintaqasida xuddi CAFA'ga o'xshagan musobaqada g'olib bo'lishdi. Beshta o'yinda jami 28ta gol urib umuman gol o'tkazishmagan, finalda Nepalni 7:0 hisobida mag'lub etishgani haqida bildik.

Bahraynga keladigan bo'lsak barcha arab jamoalari o'yin uslubi bir-biriga yaqin. SHu bois BAA bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvi Bahraynga qarshi o'yindan avvalgi yaxshi tayyorgarlik bo'ladi, - dedi Azamat Abduraimov. 


Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика