So’nggi yangiliklar

01:18Муҳаммад Ҳакимов: "Тикланиб олишимиз керак"  1 00:18Сайфиддин Содиқов: "Бош мураббийимизнинг кўрсатмаларини тўлиқ бажара олмадик"  2 23:30U-17 ЖЧ. Ўзбекистон – Панама 6:1   3 23:12Расман: Ўзбекистон 1/16 финалда Хорватия билан ўйнайди  14 22:29Абубакир Шукуруллаев: "Энг муҳим ўйинимиз эди"  5 21:52Иброҳим Шокиров: "Барча дарвозабонлар пенальтига олиб келадиган хато қилаётганини кўрганман"  7 21:25Абдулмалик Анваров бошидан жароҳат олди  9 20:32U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Панама дарвозасига 6 та тўп йўллади  168 20:11Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлиги ўйинларида 3-ўринни қўлга киритди  7 19:52Шавкат Мирзиёев Янги Тошкентда барпо этиладиган 55 минг ўринли стадион қурилишига тамал тоши қўйди  54 19:34"Ливерпуль" "Брайтон" етакчисига даъвогар  4 19:09Роналду ЖЧ-2026 унинг учун сўнггиси бўлишини эълон қилди  10 18:39"Манчестер Юнайтед" Шешконинг жароҳати жиддийлигидан хавотирда  1 18:12U-17 Жаҳон чемпионати. Гуруҳдан чиқсак, ким билан ўйнаймиз?  29 17:44Кьеза Италия терма жамоасига чақирувдан бош тортдими?  3

Ayollar jahon chempionatini “Setanta Sports”da tomosha qiling! Yangiliklar

Ayollar jahon chempionatini “Setanta Sports”da tomosha qiling!

“Setanta Sports” orqali 20 iyuldan 20 avgustga qadar Avstraliya va Yangi Zelandiyada o'tkaziladigan ayollar o'rtasida jahon chempionatini jonli efirda ko'rishingiz mumkin.

Yozning futbol bo'yicha eng muhim musobaqasi ayollar jahon chempionatidagi har bir o'yinni ishqibozlar “Setanta Sports” telekanali va setantasports.com platformasi orqali tomosha qilishadi. Oxirgi yillarda ayollar futboli jahon bo'ylab mashhur bo'lib bormoqda. FIFA va OFK uning rivojlanishiga katta etibor qaratmoqda. O'zbekistonda ham u jadal suratlarda rivojlanmoqda.
“Setanta Sports” jamoasi ayollar futbolining mamlakatimiz va mintaqada o'sishiga shunday tarzda hissa qo'shayotganidan mamnun.

Jahon chempionatlari tarixi
Ayollar futboli tarixida 9-marta bo'lib o'tadigan jahon chempionati hisoblanadi. Ilk bor bunday chempionat 1991 yil Xitoyda tashkil etilgan. Jahon chempionati har 4 yilda bir, erkaklar jahon chempionatidan keyingi yilda o'tkaziladi.

CHempionat birinchi marta Okeaniya hududida bo'lib o'tadi. Turnir mezbonlari sifatida konfederaciyamiz azosi Avstraliya, shuningdek Yangi Zelandiya tanlangan.

Musobaqaga oid malumotlar
Musobaqada g'olib chiqish borasida rekordchi va amaldagi chempion AQSH terma jamoasi sanaladi. Amerikaliklar 4 bor jahon chempionatida g'olib bo'lgan. Ular 1991, 1999, 2015 va 2019 yilda chempionlarga aylangan. Germaniya hisobida 2ta, Norvegiya va Yaponiyada esa bittadan chempionlik bor.

Qatnashchilar soni bu yil eng ko'p miqdorda bo'ladi. Unda birinchi marta 32 terma jamoa ishtirok etadi. Avvallari qatnashchilar soni 12, 16 va oxirgi ikki mundialda 24 terma jamoadan iborat bo'lgan.

Braziliya terma jamoasi futbolchisi Marta Vieyra da Silva jahon chempionatlari tarixida eng ko'p gol muallifiga aylangan. 37 yoshli hujumchi jami 17 to'p kiritgan. 2002 yildan terma jamoada o'ynab kelayotgan rekordchi Avstraliya va Yangi Zelandiyada o'zining 6-chempionatida qatnashadi.




Jahon chempionatini qanday tomosha qilish mumkin?
Jahon chempionati 20 iyul kuni Yangi Zelandiya va Norvegiya o'rtasidagi o'yin bilan boshlanadi. Barcha bellashuvlarni “Setanta Sports” telekanali va setantasports.com sayti orqali jonli efirda tomosha qilish mumkin.

Evropa va Osiyoning 15 mamlakatida “Setanta Sports” telekanali va onlayn platforma obunachilari futbol bo'yicha Evropaning eng kuchli chempionatlari, Evrokuboklar, “Formula-1” poygalari, basketbol bo'yicha NBA va Evroliga turniri, UFC, erkaklar va ayollar o'rtasida tennis musobaqalari, xokkey, golf, “Naskar” poygalari va “Bellator” janglarini tomosha qilishlari mumkin.
O'zbekistonda “Setanta Sports” telekanali va onlayn platforma obunachilari quyidagi futbol va sport musobaqalarini kuzatib borish imkoniyatiga ega bo'lishadi:

Futbol - Angliya (APL, CHempionship, Angliya Liga Kubogi), Ispaniya (La Liga, Segunda), Germaniya
(Bundesliga, Bundesliga-2), Italiya (A Seriya), Franciya (Liga 1), Ukraina (Premer-liga), Gollandiya (Eredivizie), Belgiya (Yupiler liga), SHotlandiya (Premer-liga).
Ayollar o'rtasidagi jahon chempionati – 2023.
Basketbol - Evroliga, “Evrokap”, NBA.
Xokkey – NXL.
Poygalar - “Naskar” poygalari, “Formula-1” va “Formula-E”.
Tennis - ATP 1000 va ATP 500 tennis turnirlari, ATP final musobaqasi, “Indian Uells” erkaklar va ayollar, WTA 1000, 500, 250, WTA final musobaqasi, jamoaviy “United Cup” turniri.
Yakkakurashlar - UFC, Bellator.
Golf turnirlari.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика