Ayollar futboli afsonasi Marta o'zining Olimpiadadagi katta ehtimol bilan so'nggi o'yinida qizil kartochka oldi
31 iyu 2024 22:30
Yangiliklar
Ayollar futboli afsonasi Marta o'zining Olimpiadadagi katta ehtimol bilan so'nggi o'yinida qizil kartochka oldi
Olimpiada o'yinlari dramalarga boy bo'lmoqda.
Braziliya ayollar terma jamoasi futbolchisi, 38 yoshli Marta Olimpiya o'yinlari futbol musobaqasi uchinchi turidan o'rin olgan Ispaniyaga qarshi o'yinda qizil kartochka oldi. Marta birinchi bo'limga qo'shib berilgan daqiqada to'g'ridan to'g'ri qizil kartochka oldi va maydonni yig'lab tark etdi.
SHundan so'ng, bir kishi kam bo'lib qolgan Braziliya Ispaniyadan ikkita gol qabul qilib oldi va mag'lubiyatga uchradi. Uch turdan so'ng 3 ochko to'plagan Braziliya guruhda uchinchi o'rinni egalladi. Marta uchun esa bu o'yin katta ehtimol bilan Olimpiya o'yinlaridagi so'nggi uchrashuv bo'lib qoladi.
Braziliya – Ispaniya 0:2
Gollar: del Kastilyo 68', Putelyas 90+17


O’xshash yangiliklar
13:13
Ferran Torres Ispaniya terma jamoasidagi 23-golini urdi va Ramos hamda Di Stefanoga etib oldi 3
championat.asia
U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади
Al Ain Cup. Ўзбекистон пенальтилар сериясида Эронни мағлуб этиб, турнир ғолибига айланди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
"Шармандалик, бу шармандалик!"
Fikrlar