"Ayntraxt"ning 29 yoshli himoyachisi faoliyatiga yakun yasadi
23 iyu 2022 21:14
Yangiliklar
"Ayntraxt"ning 29 yoshli himoyachisi faoliyatiga yakun yasadi
Futbolchi ayni kuchga to'lgan paytlarida faoliyatini yakunladi.
Avstriya terma jamoasi va Frankfurtning "Ayntraxt" klubi himoyachisi Martin Xinteregger professional futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
"Evropa Ligasida g'alaba qozonish menga juda yoqdi, chunki bu mening ikkinchi uyimga aylangan shahardagi fantastik muxlislar bilan so'nggi yirik g'alabam bo'lishini allaqachon bilardim. Men jamoada o'tkazgan vaqtimni katta minnatdorlik va quvonch bilan eslayman", – dedi Xinteregger.
Xinteregger frankfurtliklar safida 138 ta o'yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Martin 2021/2022 yilgi mavsumda "Ayntraxt" bilan Evropa Ligasida g'olib chiqdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar