So’nggi yangiliklar

18:54Рубен Диаш: "Арсенал" билан ўйин биз учун ноодатий кечди"  0 18:27Артета: "Биз "Сити" билан ўйинда доминантлик қилдик"  3 18:00"Олтин тўп" ва "The Best" мукофотлари ўртасида қандай тафовут мавжуд?  0 17:38"Реал" "Олтин тўп" маросимини бойкот қилди  12 17:12"Манчестер Юнайтед" футболчиси Instagram ва Facebook'даги барча суратларни ўчириб ташлади. Мухлислар уни бунга мажбур қилди  2 16:45Футзал. Ўзбекистон - Шарқий Тимор 7:1  5 16:14"Барселона" Ҳоландга кўз тикди  7 15:47ПСЖ "Олтин тўп"ни топшириш маросимида қатнашмайди. Нима учун?  12 15:25Хет-трик қайд этган легионер, рақибни тор-мор келтирган мураббий, финт билан гол урган футболчи — Суперлигада 22-турнинг энг яхшилари  3 15:03Цигер, Исмоилов, Ғиёсов, Табатадзе, Бегич... Суперлига 22-тур рамзий терма жамоаси  0 14:42Клюйверт Гиннес рекордлар китобига кирди  5 14:16"Арқадағ" вакиллари давлат мукофотига эга бўлди  18 13:49"Андижон" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолган "Сўғдиёна" билан баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 13:23Эшитдик-да! Ўзбекистон МТЖ 9 октябрь куни Тошкентда ўртоқлик ўйини ўтказади  22 13:01U-17 Осиё Кубоги финалида қизил карточка олган Сарсенбаев ЖЧ гуруҳ босқичида Ўзбекистон терма жамоасига ёрдам беролмайди  7

Aybek Nurbaev: "Bizga tajriba va gol uradigan hujumchi etishmayapti" Yangiliklar

Aybek Nurbaev: "Bizga tajriba va gol uradigan hujumchi etishmayapti"

Pro-liganing 8-turi doirasida "G'ijduvon" maydonidagi mag'lubiyatdan keyin "Aral" murabbiyi Aybek Nurboev o'z fikrlarini bildirdi.

- "G'ijduvon" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. O'yinga keladigan bo'lsak, birinchi bo'limda ko'plab vaziyatlarimiz bo'ldi va ulardan foydalana olmadik. Ikkinchi bo'limning ikkinchi yoki uchinchi daqiqasida ham birga-bir vaziyatdan gol ura bilmadik. Ushbu o'yinga yaxshi tayyorlandik. O'z maydonimizda kubok o'yinidan keyin bizda tayyorgarlik uchun etarlicha vaqt bo'ldi. Ikki mahaldan mashg'ulot olib bordik. Hatto Buxoro shahriga ikki kun oldin etib keldik. Tayyorgarlik yaxshi bo'lgandi. Bilmadim. Omad ham deb bo'lmaydi, o'zimiz mag'lub bo'ldik. Bizga xarakter etishmadi. 

- Ushbu mag'lubiyat jamoaga qanday tasir ko'rsatadi deb o'ylaysiz?

- Mana bugun to'rtinchi o'yindirki, yuta olmayapmiz. Hozir bizda bosim etarlicha. Bugungi mag'lubiyat ham yigitlarga qattiq tasir qildi. 

- Jamoadagi moliyaviy ahvol qanday?

- Bizda barchasi joyida. Maoshlarni, mukofot pullarini vaqtida olyapmiz. Yutsak bo'ldi, mukofot puli ertasi kuni tushyapti. Moliyaviy tomondan umuman muammo yo'q. shunchaki jamoa yuta olmayapti. Barchamiz g'alaba uchun harakat qilyapmiz. 

- "Aral" jamoasiga maqsad qo'yilganmi?

- Bu yil aniq maqsadimiz yo'q. Lekin o'zimiz kuchli beshtalikka harakat qilyapmiz. 

- Hozirgi ketma-ket mag'lubiyatlardan keyin 5-o'ringa harakat qilsa bo'ladi, deb o'ylaysizmi?

- Oldimizda o'yinlarimiz ko'p, ikkinchi davra shunday kutib turibdi. Birinchi davraning endi yarmi tugayapti, desa bo'ladi. Hali vaqt ko'p, xudo xohlasa, o'z maqsadimizga etamiz, deb o'ylayman.

- Jamoa juda ko'p vaziyat yaratmoqda, biroq yakunlash unchalik yaxshi emas. Bu nima bilan bog'liq? Tajribasizlik desa, tarkibda Salamat Qutiboev, Arislan Yusupboev kabi futbolchilar bor.

- Salamat Qutiboev - himoyachi. "Aral" jamoasi o'tgan yili ochildi. Tarkibda asosan mahalliy yoshlar. Arislanni hisoblamasak, tarkibdagi qolgan futbolchilar asosan ikkinchi ligadan saralab olingan. Endi-endi ular katta chempionatlarni o'ynashyapti. O'tgan yili jamoa Birinchi ligada o'ynadi, hozir esa Pro-ligada. Yigitlarda tajriba etishmayapti, buni asta-sekinlik bilan orttirib borishmoqda. Boshqa yigitlarda ham tajriba va gol uradigan futbolchi etishmadi. O'yinimiz zo'r, vaziyatlar ham bor, faqatgina gol yo'q. 

- Bugun jamoa bosh murabbiyi Nematullo Quttiboev hakamlarga ko'p etiroz bildirdi. Hakamlik haqida nima deya olasiz?

- Hakamlar bilan ishim yo'q. Ularning qo'mitasi bor. Hakamlarga biror etirozim yo'q.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика