So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Avstraliya U-20 termasi bosh murabbiyi: "Maqsadimiz – Jahon chempionatiga yo'l olish" Yangiliklar

Avstraliya U-20 termasi bosh murabbiyi: "Maqsadimiz – Jahon chempionatiga yo'l olish"

Avstraliya U-20 terma jamoasi bosh murabbiyi Trevor Morgan U-20 Osiyo Kubogi oldidan o'tkazilgan matbuot anjumanida quyidagi fikrlarni bildirdi.

- Jamoa ertangi o'yinga qanday tayyorgarlik ko'rdi?

- Biz O'zbekistonga o'tgan hafta kelgan edik, Toshkentda bizga mashg'ulot uchun ajoyib sharoit yaratib berishdi. Bugun ertangi o'yin bo'lib o'tadigan maydonga chiqdik va bo'lajak o'yinga tayyormiz.

- Toshkentga kelishdan oldin o'quv mashg'ulot yig'inlari va o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazdingizmi?

- Ha, yig'in o'tkazdik, lekin o'rtoqlik uchrashuvlarida qatnashmadik.

- Joriy musobaqada oldingizga qo'ygan maqsadlaringiz qanday va o'yinchilar turnirga qanday tayyorgarlik ko'rishdi?

- Albatta, maqsadimiz – har bir uchrashuvda g'alaba qozonish, bu yakuniy musobaqa va ushbu turnir biz uchun juda muhim.

- Nima deb o'ylaysiz, raqib jamoaning qanday ustunliklari va kuchsiz tomonlari bor?

- Birinchi uchrashuvda ancha kuchli raqib bizni kutib turibdi. Vetnam terma jamoasini bir necha oy oldin o'rganishni boshlagan edik. Vetnam murabbiyi ancha tajribali va futbolchilari ham kuchli texnikaga ega.

- Avstraliyada jarohat sabab musobaqada ishtirok eta olmaydigan o'yinchilar bormi?

- Yo'q, jamoada jarohat olganlar yo'q.

- Ushbu musobaqa Jahon chempionatiga yo'llanma beradi va shuning uchun ushbu musobaqa katta ahamiyatga ega, turnir muhimligi futbolchilarga qanday tasir o'tkazdi?

- Bu turnir biz uchun muhim va butun Osiyo mintaqasidagi jamoalar ham ushbu musobaqaga puxta tayyorgarlik ko'rishgan, maqsadimiz – Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish.

"B" guruhida joylashgan termalar Avstraliya hamda Vetnam o'rtasidagi uchrashuv ertaga Farg'onadagi "Istiqlol" stadionida 15:00 da start oladi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика