Avstraliya U-20 termasi bosh murabbiyi: "Jahon chempionatida Osiyo sharafini himoya qilmoqchi edik, ammo endi bu imkonsiz"
11 mar 2023 22:43
Yangiliklar
Avstraliya U-20 termasi bosh murabbiyi: "Jahon chempionatida Osiyo sharafini himoya qilmoqchi edik, ammo endi bu imkonsiz"
O'yin haqida
- Birinchi navbatda, O'zbekistonni tabriklayman. Bugungi o'yinimizdan xafsalam pir bo'ldi. Natija biz kutgandek bo'lmadi va Jahon chempionatidan quruq qoldik.
- 33 mingdan ortiq muxlislar o'yiningizga qanchalik tasir ko'rsatdi deb o'ylaysiz?
- Aniqki, buning tasiri bo'ldi, ammo bu futbol. Buncha muxlis qarshisida o'ynash biz uchun ham katta tajriba bo'ldi.
- Natija Avstraliya uchun qoniqarsiz. Umuman olganda esa bu musobaqadan foydali nima oldingiz?
- Biz bu musobaqada ajoyib xarakter ko'rsatdik. Aynan shu jihatdan jamoamiz ancha o'sdi. Biz Osiyo sharafini Jahon chempionatida himoya qilmoqchi edik, ammo endi bu imkonsiz.
- Musobaqaning tashkiliy masalalari haqida fikringiz qanday? Umuman olganda siz Toshkentda birinchi marta emassiz...
- Umuman olganda yaxshi. Lekin mashg'ulot maydonlari bilan muammolar bor edi.
- Qo'shimcha bo'limlarning ikkinchisida deyarli hujum qila olmadingiz. Bu charchoq bilan bog'liqmidi?
- Hujum qilmadik? Bu sizning fikringiz. Men bunday deb o'ylamayman.
- Segichich oxirgi penalti zarbasida to'sinni nishonga olganda qanday hislar o'tdi. Agar o'sha vaziyat gol bo'lganda, barchasi boshqacha bo'lishi mumkin edi...
- Biz bu musobaqada ajoyib harakat qildik. Bu futbol. Siz barcha narsani to'g'ri qilishingiz mumkin, ammo birgina jihat etishmasa ham bu natijaga tasir o'tkazadi. Segichichga kelsak, u ajoyib futbolchi. Bu musobaqada jamoadoshlarini ruhlantirdi, ajoyib jamoadoshl xarakter ko'rsatdi va ko'p joyda jamoamizga yordam berdi. Xato esa hammada bo'ladi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar