So’nggi yangiliklar

08:31Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди  1 08:00Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 07:32ОКМК - "Нефтчи" ўртасидаги супер баҳсдан ёрқин ФОТОГАЛEРEЯ  0 05:24Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  10 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  3 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  7 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  5 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  4 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  6 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  1 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  21 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  106 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12 20:50"Аякс" Эрик тен Ҳагни қайтаришни режалаштирмоқда  1

"Atletiko" kriptovalyutalarning pasayishidan aziyat chekmoqda. Klub yiliga 42 mln keltiradigan bosh homiydan ayrilgan ko'rinadi (mutolaa uchun) Yangiliklar

"Atletiko" kriptovalyutalarning pasayishidan aziyat chekmoqda. Klub yiliga 42 mln keltiradigan bosh homiydan ayrilgan ko'rinadi (mutolaa uchun)

Sudga murojaat qilish mumkin, ammo imkoniyat kam.

"Atletiko" CHLdan chiqib ketdi, Ispaniya kubogi uchun imkoniyatlarni yo'qotdi, endilikda esa moliyaviy muammolarga to'qnash kelishi mumkin. Katta ehtimol bilan klubga kelasi mavsum yangi homiy kerak bo'ladi.


Nima bo'ldi?

Kriptovalyuta birjasi WhaleFin daromadlarning keskin pasayishi sabab "Atletiko" bilan shartnomani bekor qilmoqchi. Bu haqda 2022 yilning so'nggida aytilgan edi - o'shanda FTX birjasining kutilmagan qulashi yuz bergandi, u Binance va Coinbase bilan bir qatorda dunyodagi eng kattalaridan hisoblangan edi.



Whale Fin taniqli Amber Group platformasiga tegishli – u raqamli aktivlar, jumladan, investiciyalar va savdo sohasidagi xizmatlarning to'liq spektrini taqdim etadi. Va Amber Group katta yo'qotishlarga duch keldi, FTX'da o'z savdo kapitalining taxminan 10 foizi saqlanib qoldi.

"Atletiko" WhaleFin bilan 2022 yilning yozida 5 yillik shartnoma imzolagan edi, klub yiliga 42 million evro oladi. "CHelsi" ham ushbu kompaniya bilan hamkorlik qiladi, ammo WhaleFin logotipi faqat qo'l qismida ko'rinadi ("Atletiko"da esa titul homiy). Londonliklar bilan 23 mln evrolik shartnoma bekor qilindi. Sabablar o'sha-o'sha: FTX'ning qulashi va kriptovalyutalar bozorining umumiy qulashi.


"Atletiko" sud haqida o'ylamoqda

"Atletiko" shartnoma bo'yicha to'liq to'lovni talab qilishi mumkin (5 yil uchun 200 mln evrodan ortiq), ammo sudda istiqbol kam: Mundo Deportivo malumotiga ko'ra, WhaleFin bilan homiylik shartnomasi kriptovalyuta bozorida qulash sodir bo'lganda birjaga bitimni bekor qilish imkonini beradi. "Atletiko" har qanday holatda ham faol tarzda 2023/24 yilgi mavsum uchun yangi homiy izlamoqda.



Klubning moliya bilan holati qanday?

Klub prezidenti Enrike Sereso yozda hisobni muvofiqlashtirish uchun ularga 40 mln evro ishlash kerakligini malum qildi. Ammo, "Atletiko" buni Mateus Kunya "Vulverxempton" bilan shartnoma imzolaganda faqatgina qishda qila oldi. Ispan klubi u uchun 50 mln evro oldi.

SHuningdek Joau Feliksning "CHelsi"ga ijarasidan daromadni qo'shamiz – 11 mln evro atrofida, shuningdek portugaliyalikning 6 mln evro maoshi, angliyaliklar uni ham o'z zimmalariga olishgan. Garchi ispan jurnalisti Pedro Morata klubga hali ham 28 mln evro talab qilinishi haqida xabar qilgan bo'lsa ham, bularning barchasi "Atletiko"ga yordam beradi.


WhaleFin muammolariga qaramay, kriptobirjalar sportdagi ananaviy homiylarni siqib chiqarmoqda. Nega?

Kriptobirjalar sport bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liq emas, ammo katta homiylik shartnomalari sabab sport sanoatining muhim qismiga aylandi.

Crypto.com kriptobirjasi 2021 yilning noyabrida "Leykers" va "Klippers" o'ynaydigan "Steypls Sentr"ni 20 yilga (yiliga 35 mln) "Crypto.com Arena"ga o'zgartirish uchun 700 million dollar to'ladi. Taqqoslash uchun: Staples (ish yuritish buyumlari ishlab chiqarish) 1999 yilda 20 yillik neyming huquqi uchun 116 mln to'lagan.



Crypto.com bu bilan to'xtab qolmadi: UFC bilan 10 yillik hamkorlik uchun 175 million, "Formula-1" bilan 5 yil uchun 100 mln, PSJ bilan 3 yil uchun 35 mln va NBAdan "Filadelfiya" bilan 6 yillik uchun kamida 60 mln. SHuningdek A Seriya, MXLdagi "Monreal", "Formula-1"dagi "Aston Martin" va kibersportdagi Fnatic ham bor.

Qulagan FTX MLB, "Mayami Xit" (19 yilda 135 mln), "Golden Steyt", "Vashington Uizards", "Formula-1"dagi "Mersedes", Stef Karri va Tom Breydi bilan shartnomalar imzolagan. Coinbase esa MBA, "Bruklin Nets", Kevin Dyurent bilan.

Kriptobirjalar bir necha sabablarga ko'ra asta-sekin ananaviy homiylarni siqib chiqarmoqda:

• Kriptobirjalar yangi mijozlarni izlashmoqda, sportda esa kriptoga qiziqish ko'proq.

• Kriptobirjalarga ishonch etishmayapti, sport esa bog'liqlik manbasi.


Birinchi nuqtai nazarni Voyager kriptobirjalar bosh direktori Stiv Erlix ("Dallas Maveriks", NASKAR piloti Lendon Kessil va futbol bo'yicha AQSH ayollar chempionatidagi NSWL homiysi) yoqladi.

"Tadqiqotlarimiz shuni ko'rsatadiki, kripto va sport muxlislari o'rtasida ko'plab o'xshashliklar bor", – deydi Erlix CNBC. – SHu sabab ko'proq kriptokompaniyalar sportga o'tmoqda".



Ikkinchi nuqtai nazarni "Lacio" futbol klubi marketing va homiylik bo'yicha direktori Marko Kanijiani yoqlamoqda:

"Kripto – qiyin dunyo. Ammo, bu hozirda klublarga sarmoya kiritish bo'yicha eng katta sektor. Ular bozorda ishonchni mustahkamlashni xohlashadi, sport esa omma uchun bunday signallarni yaratadi. So'nggi yillarda Evropadagi homiylar futbol klublariga borishadi, sababi sport orqali tomoshabinlarni tushunish osonroq. Italiyada bukmekerlik idoralariga futbol klublari bilan homiylik qilish taqiqlangan, shu sabab hozirda asosiy investorlar kriptovalyutalardir".

Italiyada kriptobirjalar, blokcheyn-platformalar va kriptovalyuta nashriyoti bilan hamkorlik qilish ayniqsa faol. A Seriya Crypto.com, "Yuventus" – Bitget, "Lacio" – Binance, "Inter" va "Roma" – Digitabits, "Milan" – Bitmex, "Atalanta" – Plus 500, "Napoli" – Floki Inu, "Fiorentina" – Genuino, "Bolonya", "Sassuolo", "Udineze", "Kalyari", "Jenoa", "Sampdoriya", "Speciya", "Ellas Verona" va "Salernitana" – eToro bilan shartnoma imzolagan.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика