"Atletiko" Iturbe uchun kurashga qo'shildi
06 iyu 2014 09:41
Yangiliklar


"Atletiko" Iturbe uchun kurashga qo'shildi
Atletiko jamoasi tarkibni kuchaytirish maqsadida futbolchilar qidirishda davom etmoqda.
Malumotlarga qaraganda, madridliklar Xuan Iturbe masalasida "Verona" bilan muzokaralar olib bormoqdalar.Futbolchiga shuningdek, "Milan", "Yuventus", "Arsenal" va "Liverpul" jamoalari qiziqish bildirmoqdalar.
Xabar qilinishicha, "Verona" futbolchini 30 million evrodan kamga sotmoqchi emas.
"Atletiko" shuningdek, "Benfika" futbolchisi Nikolas Gaytanga ham qiziqmoqdalar.
Fikrlar