"Atletiko" "Barselona"ning sobiq murabbiyini taklif qilishi mumkin
02 noy 2022 21:01
Yangiliklar
"Atletiko" "Barselona"ning sobiq murabbiyini taklif qilishi mumkin
"Atletiko" CHempionlar ligasining guruh bosqichida muvaffaqiyatsizlikka uchradi.
Seshanba kuni mehmonda “Portu”dan mag'lub bo'lgan (1:2) “matraschilar” guruhda so'nggi o'rinni egalladi va hatto Evropa Ligasi yo'llanmasidan ham mahrum bo'ldi.
OAVda "Atletiko" bosh murabbiy sifatida Diego Simeoneni almashtirishi mumkinligi haqida mish-mishlar tarqalmoqda. Manbaning xabariga ko'ra, bir vaqtlar "Barselona"da ishlagan Luis Enrike "matraschilar"ning yangi murabbiyi bo'lishi mumkin. Manbaga ko'ra, Madrid klubi allaqachon Enrikening vakillari bilan bog'langan.
Luis Enrike ayni damda Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.
Eslatib o'tamiz, Diego Simeone “Atletiko”ni deyarli 11 yildan beri boshqarmoqda.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar