"Atletiko" "Barselona"dan 15 mln. evro talab qiladi
25 dek 2023 20:11
Yangiliklar
"Atletiko" "Barselona"dan 15 mln. evro talab qiladi
"Atletiko" Joau Feliksning yangi transferi bo'yicha talablari malum bo'ldi.
Portugaliyalik yarim himoyachi "Barselona"da ijara asosida to'p tepmoqda. Oldinroq, Kataloniya klubi futbolchini ijara shartnomasini uzaytirib, saqlab qolishni istayotgani haqida elon qilingan edi.
Malumotlarga ko'ra, "Atletiko" Feliksni o'z rejalariga qo'shmagan, ammo avvalgi ijara shartlariga rozi emas. Madrid klubi yangi ijara bitimi uchun 15 mln. evrodan kam so'ramoqchi emas va bitimga kelajakda futbolchini sotib olish bandi qo'shiladi.
Joau Feliks joriy mavsum LaLiganing 15ta uchrashuvida maydonga tushib, 3ta gol urdi va 2ta golli pas berdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
Роналду кетма-кет учинчи марта Яқин Шарқда йилнинг энг яхши футболчиси бўлди
Криштиану Роналду: "Мавсум ўртасида ҳеч ким чемпион бўлмайди"
Эрон жамоаси Ўзбекистон МТЖ етакчиларидан бири учун 1 миллион доллар бериши мумкин
Fikrlar