So’nggi yangiliklar

10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  4 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  0 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  2 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубл  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  8 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0 00:20"Реал" Родригoни 80 миллион евродан камига сотмайди  3 23:32Эрон нашрлари Машарипов жароҳати жиддий деб ёзишмоқда. Футболчи бу саволга ўзи жавоб берди  15 23:24"Милан" ва "Ал Ҳилол" қизиқаётган Нуньес мавсумолди ўйинларида 5 та гол урди, у ўтган мавсум АПЛда шундай натижа қайд этган эди  0 23:04Ўртоқлик ўйини. "Ливерпуль" Ла Лига жамоасини таслим қилди, мухлислар 20-дақиқада Жота хотирасига бир дақиқа қарсак чалишди  0 22:15Шешко МЮга ўтишни хоҳлаяпти, аммо "Ньюкасл" вариантига ҳам қарши эмас  0 21:31Лука Модрич: "Мен 13 йилни дунёнинг энг буюк клубида ўтказдим, энди эса ўтмишда ҳозирги "Реал" даражадаси бўлган клубга келдим"  8 20:48"Ал Насср" Роналду орқали МЮ собиқ футболчисини ўз сафига қўшиб олиши мумкин  1 19:59Миш-мишларга чек қўйилди: Лунин Мадридда қолади  0

"Atletiko" afsonasining unutilmas buyuk 5 golini eslaymiz VIDEO Yangiliklar

"Atletiko" afsonasining unutilmas buyuk 5 golini eslaymiz VIDEO

34 yoshga kirganida Fernando Torres "Atletiko"dan ketishini malum qildi.

Bu faoliyatning yakuni emas, biroq ispaniyalik futbolchi top-klublarda boshqa o'ynamaydi. Biz El-Nichoning faoliyatidagi eng muhim pallalarni eslaymiz.

BIRINCHI GOL

Fernando o'zining professional faoliyatidagi ilk golini 2001 yili "Albasete" darvozasiga kiritgandi. Torres - "Atletiko" tarbiyalanuvchisi, bobosidan meros qolgan sevimli jamoa. 17 yoshli futbolchi ikkinchi uchrashuvida debyut golini urgandi. O'shanda u havodan oshirilgan to'pni darvozaga kiritgan.

Torres 19 yoshdaligidayoq klubning eng yosh jamoa sardori bo'lgan. Uning faqatgina gollari emas, ishonchli o'yinlari orqali muxlislar yoqimtoyi bo'lib olgandi. U "Real" va boshqa yana bir necha grand jamoalarning etiboriga tushdi, biroq Torres 2007 yilda "Liverpul" tarkibiga borib qo'shildi. Fernando "Atletiko" tarkibida 214 uchrashuv o'tkazdi va 82 gol kiritdi. Oradan 10 yil o'tib, yana qadrdon jamoasiga qaytdi.

81 GOL, 0 SOVRIN

"Liverpul"da u eng yaxshi davrlarini o'tkazgan bo'lsa-da, hech qanday sovrin yutmadi. 2008/09 yilda u jamoasini chempionlik sari etaklagandi, biroq afsonaviy Ser Aleksning "Manchester Yunayted"ini to'xtatishning iloji bo'lmadi. Ammo, u o'sha mavsumda "Old Trafford"dagi 1:4 hisobidagi g'alabada katta hissa qo'shdi. Dastlab, "Liverpul" Ronalduning ijro etgan penaltidan keyin gol o'tkazib yuborgandi. Keyinchalik El-Nicho Nemanya Vidichning qo'pol xatosidan unumli foydalanib, yirik hisobdagi g'alabaning ilk tamal toshini qo'ygandi.


Torres uzoq vaqt davomida bir rekordni o'zida ushlab turdi - ilk mavsumidayoq xorijlik futbolchi sifatida APLda 24 gol kiritdi. Uni Liverpulda yaxshi ko'rishardi, biroq u sovrinlar yutishni istardi. SHu boisdan u "CHelsi"ga o'tdi va ECHL g'olibligini qo'lga kiritdi.

"BARSELONA"GA URILGAN GOL VA IKKI EVROKUBOK

Torres "CHelsi"da yomon o'ynamagan, biroq "Liverpul"dagi o'yinlari bilan solishtiradigan bo'lsak, u Londondagi ishlari yaxshi bo'lmagan. Samaradorlik borasida unga omad kelmadi. U yangi jamoasidagi birinchi mavsumidagi 14 uchrashuvda 1 gol urdi, ikkinchi mavsumda 32 uchrashuvda 6 gol. Uning natijalari pasayib ketdi, bunga sabab nima?

"CHelsi" qiyin davrlarini o'tkazdi, jamoada tez-tez murabbiylar almashdi, shuningdek, klub etakchilari ham taslim bo'lishni boshlashdi, avlodlar almashdi.

Yakunda "CHelsi" APL g'olibligi uchun kurasha olmaydigan jamoa bo'lib qoldi, biroq evrokubokda mo'jiza yuz berdi. 2012 yilda jamoaning qayd etgan eng katta natijasi - Gvardiolaning "Barselona"si ECHLdan chiqarib yuborilgani bo'ldi. Torres o'sha uchrashuvda maydon markazidan to'pni olib ketdi va Viktor Valdes darvozasini ishg'ol qildi. Oqibatda "CHelsi" finalga chiqdi.


Bir yildan keyin Torres Evropa ligasi finalida ham o'ynadi, unda u himoyachi va darvozabonni ortda qoldirib, yana bir muhim golni kiritgandi.

Mana, kam gol urgan bo'lsa-da, muhimlarini kiritdi. Uning Londondagi faoliyati yaxshi bo'lishi mumkin edi, biroq unga omad etishmadi.

EVRO FINALIDAGI GOL

Torres va Ispaniya termasi - boshqa hikoya. Torres - "qizil furiya"lar tarkibida 100tadan oshiq uchrashuvda qatnashgan kam sonli futbolchilardan biri. Ispaniya 1964 yildan buyon birorta turnirda sovrin qo'lga kirita olmadi. Torres esa terma uchun tarixiy ahamiyat kasb etgan uchrashuvda raqib darvozasini ishg'ol etdi. Ikki himoyachi taqibidan qochib keta olgan Torres darvozabon Lemandan ham chaqqonroq bo'la oldi. Gol esa yagonaligini saqlab qoldi.


UYGA QAYTISH

Torres 2014/15 yilning ikkinchi yarmida "Atletiko"ga qaytdi va birdaniga "Real"ga ikkita gol urdi. Bir yildan oldin esa tarixiy voqea sodir bo'ldi - "Atletiko" uchun 100-gol. U butun faoliyati davomida 251 gol kiritdi.


Torres - klubga sodiqlik namunasi va juda zo'r futbolchi. Albatta, yillar o'tib, uni Ronaldu va Messi kabi eslab yurishmas, ammo u klubi va termasi uchun katta ishlarni bajargan.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика