So’nggi yangiliklar

17:50Гвардиола: "3 нафар футболчимиз МЮга қарши аниқ ўйнолмайди. Стоунзнинг майдонга тушиши сўроқ остида. Қолганлар ўйинга тайёр"  1 17:44Суперлига. "Сўғдиёна" - ОКМК (матнли трансляция)  2 17:07Руслан Жиянов: "Ота-онам ва тоғам Олимпиада ва ЖЧ йўлланмасини қўлга киритадиган терма жамоа сафида ўйнаш насиб этсин, деб дуо қилишарди"  5 16:40АПЛда август ойининг энг яхши мураббийи аниқланди  1 16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  12 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  6 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  4 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  5

"Atletik"ning Ispaniya kubogidagi g'oliblikni barjada qanday nishonlaganini bir ko'ring! Aql bovar qilmas go'zallik Yangiliklar

"Atletik"ning Ispaniya kubogidagi g'oliblikni barjada qanday nishonlaganini bir ko'ring! Aql bovar qilmas go'zallik

Ajoyib anana 40 yilga to'xtab qoldi.

"Atletik" 2023/24 yilgi Ispaniya kubogidagi g'oliblikni original uslubda nishonladi – ular Nervion daryosi bo'ylab barjada suzishdi. Bu 40 yildan so'ng klubga qaytgan o'zgacha ananadir.

Bu La Gabarra deb ataladi – qayiqning nomi ham shunday.



Pirotexnika, xursandchilik va ajoyib go'zallik: Bilbaodagi tantanali marosim

Turli malumotlarga ko'ra, bir millionga yaqin muxlislar ko'chalarga chiqishgan.



Jamoa suvga tushdi va ajoyib kayfiyatni kafolatladi.



Va klub atributlari.



Suv bo'yidagi tumonat odam.



Butun qirg'oqni egallab olishdi.



Va ko'priklarni ham.



Va bu jarayonlar pirotexnikalarsiz bo'lmasdi!



Maftunkor.



Odamlar nafaqat ko'chalarga yig'ilishdi, balki ko'plab bayroqlar bilan balkonlardan ham o'rin egallashdi.



Jamoani huddi stadionda bo'lganidek kuzatishdi. O'xshash muhit.



O'yinchilar aqlbovarqilmas tarzda nishonlashdi: hatto kimdir echindi ham.



"Atletik"dagi o'sha sersoqol Aser Vilyalibre bayroqni mamnuniyat bilan silkitdi.



"Atletik"ning bazi muxlislari jamoa oldida o'z qayiqlarida suzish uchun pul ham to'lashdi. Jumladan sobiq himoyachi Inigo Martines: "Barselona" futbolchisi PSJga qarshi chorak final o'yinida zaxirada o'tirdi, so'ngra darhol Bilbaoga shoshildi va o'z qayig'iga tushib oldi.



Ulkan bayram.



Haqiqiy birlik.


Ilk bor 1983 yilda deyarli bir million muxlis bilan nishonlashgan! Oddiygina yuk barjasida

Barjani 1960 yilda Bilbao shahar porti buyurtmasiga binoan yasashgan. Avvaliga yuk tashish uchun ishlatilgan va "Barja Nº1" deb atalgan, so'ngra "Atletik"ning Barjasi" deb qayta nomlashgan.



Anchagina katta.



Anana 1983 yilda boshlangan. O'shanda Xaver Klemente qo'l ostidagi "Atletik" ettinchi va hozirgi paytga kelib oxirgisidan bitta oldingi chempionlikni qo'lga kiritgan: jamoa o'shanda so'nggi turda "Real" ustidan g'alabaga erishgan holda g'oliblikni qo'lga kiritgan. Oldingi sovrinlar avtobusda butun shahar bo'ylab aylanib nishonlangan bo'lsa, bu safar original yo'l tutildi.

1983 yil 3 mayda Bilbao orqali o'tadigan Nervion daryosiga barja tushdi va unga futbolchilar va murabbiylar shtabi chiqdi. Quyidagi suratda o'sha turnirdagi g'alaba sharafiga atalgan marosim!




Qirg'oqda yana bir millionga yaqin inson (ha-ha, bu badiiy mubolag'a emas) va maxsus qayiqlarda jamoa bilan yaqinroq bo'lish uchun pul to'lagan muxlislar. Aniqrog'i Andoni Subisarreta, Andoni Goykoechea va Ispaniya terma jamoasining hozirgi bosh murabbiyi Luis de la Fuentening yonida.



"Atletik" kelasi mavsumda oltin dublni rasmiylashtirdi: liga va Ispaniya kubogini oldi. SHu holat takrorlandi: bu jamoaga omad olib keladi deya hisoblashdi. Endilikda hattoki ko'proq odam yig'ildi: 1,2 million.



O'shanda hech kim bu sayr keyingi marta faqatgina 40 yildan so'ng takrorlanishini taxmin qilmagandi.


"Atletik" o'ziga xos katta voqealar uchun barjani saqlagandi. Superkubokdagi g'alabani u siz nishonlashdi

Barja bu vaqt davomida Bilbao dengiz muzeyida edi. Basklar Ispaniya superkubogini ikki bor (2015 va 2021 yillarda) yutishgan bo'lsa ham g'alabani barjada nishonlashmagandi. Masshtab to'g'ri kelmaydi deb hisoblashdi va vaqtincha avtobusdagi paradlarga qaytishdi.

2020 yil Bilbao shahar kengashi uzoq vaqtdagi tanaffusdan so'ng barja rekonstrukciya qilinishini anons qildi va kemani tartibga keltirdi (200 ming evro sarflandi).

Barja 2024 yilda yana kerak bo'lib qoldi. SHunday qilib uni tantanaga bir necha kun qolganda suvga tushirishdi.




Anananing muhimligini tushuning: shahar aholisi barja o'tish paytida uylarning tomi va hatto daryoga qaraganda balkonlarni ijaraga olishdi. Narxlar 700dan 1500 evrogacha.



Bazilar butun uylarni egallab olishdi.



1984 yilgi g'oliblar yana birga: bunday voqeani o'tkazib yuborish mumkinmasdi.



Aytgancha, barja g'oyasi "Atletik"ga tegishli emas: buni ilk bor ikkinchi ligadagi g'alabadan so'ng 1924 yilda qo'shni "Asero" (u ham Bilbaodan)dagilar amalga oshirishdi. Kemaning o'zi esa o'tgan Biskayya provinciyasining XIX asrdagi sanoat ramzidir.

SHahardagi mashhur va  XX asrda paydo bo'lgan "Nervion daryosi bo'ylab" qo'shig'i anana bilan bog'liq. Kompoziciya shaharda tez-tez aytiladigan ibora bilan boshlanadi: "Nervion daryosi bo'ylab barja tushdi...". Ular buni "Asero"ga bag'ishlashgan, ammo u endilikda asosan "Atletik" bilan bog'lanadi.




Barja 40 yil ichida ilk bor faqatgina qo'shiqlardagina suvga tushmadi.


Sports.ru saytidan Abdusalom Djalilov tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика