"Aston Villa" eng yaxshi to'purari bilan shartnomani uzaytirdi
07 okt 2023 13:40
Yangiliklar
"Aston Villa" eng yaxshi to'purari bilan shartnomani uzaytirdi
U shu jamoa futbolchisi sifatida Angliya terma jamoasiga jalb etilgan.
"Aston Villa" rasmiy sayti hujumchi Olli Uotkins bilan yangi shartnoma tuzilgani haqida xabar berdi. Birmingem klubi kelishuvning aniq muddatini aytmadi, faqat uning "uzoq muddatli" ekanligini ko'rsatdi. SHartnoma taxminan 2028 yilning yoziga qadar uzaytirildi.
Olli Uotkins "Aston Villa"dagi to'rtinchi mavsumini o'tkazmoqda. U "villanlar" safida 128 ta o'yinda maydonga tushib, 50 ta gol va 16 ta assistga mualliflik qilgan. Uotkins Angliya terma jamoasiga ham "Aston Villa" futbolchisi sifatida chaqirilgan. U terma uchun 7 ta uchrashuvda qatnashib, 2 ta to'p kiritgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar