So’nggi yangiliklar

01:11Шченсни: "Мен қўрққан ягона футболчи Месси бўлган"  0 00:40Суперлига бош директори: "ЧЛнинг янги формати ўзини оқламаяпти"  2 23:45Италия - Исроил  4 23:45Бельгия - Франция  0 23:45Германия - Нидерландия  2 22:56"Реал" "Байер"нинг 40 млн. евролик футболчисини сотиб олмоқчи  0 22:27ФФФ бренд ҳамкори: "Мухлислар Мбаппени ёқтиришмайди"  2 21:50МЮ йил бошида сотиб юборган футболчисини 20 млн. еврога қайтариб олади  4 20:50Ёмғирли ГАЛЕРЕЯ  6 20:41Бир йил футбол ўйнамаган Неймар ОЧЛ баҳсида майдонга тушиши мумкин  1 20:38Оллоберган Каримов: "Орзуларимдан бири амалга ошди. Аргентина билан муносиб ўйнадик"  1 20:20Англия футбол ассоциацияси Гвардиола билан боғланди, мураббий тез орада қарор қабул қилади  0 18:51Жамшид Искандеров: "Йигитлар эртанги ўйинга 100 фоиз тайёр!"  12 18:39Аббос Файзуллаев - ЦСКАнинг сентябрь ойидаги энг яхши футболчиси  6 18:22ЎФА ходими: Файзуллаев эртанги ўйинга тайёр   11

Asror Aliqulov: "Yangier" futbolchilariga bo'shliq va vaqt bersak, istagan ishini qilishi mumkin edi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Yangier" futbolchilariga bo'shliq va vaqt bersak, istagan ishini qilishi mumkin edi"

Pro liganing 23-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Yangier" (2:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Uchrashuv qiziqarli bo'ldi, desam yanglishmayman. Yuqori tempda boshladik, maqsadimiz ham shunday edi. Raqib safida tezligi yuqori, yaxshi saviyadagi futbolchilar jamlangandi. O'yin avvalida gol urish uchun imkoniyatlar bo'ldi. Bunday vaziyatda bir oz sovuqqonlik etishmadi. Ayrim futbolchilar birinchi bo'limda o'yinga kirishib keta olishmadi", – deydi Asror Aliqulov. 

- Ikkinchi bo'limda zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar o'yin nazoratini qo'lga olishda yordam berishdi. Ularga bir oz ertaroq imkoniyat berilishi mumkinmidi? 

- Biz buni ko'rib chiqqandik. Birinchi bo'limda ko'proq yosh futbolchilar, texnik tomondan kuchli, ko'p yuguradigan, birinchi pasni beradigan ijrochilar ishtirokida yuqori tempda harakat qilishni ko'zlagandik. Raqibga bosim o'tkaza olsak, ikkinchi bo'limda boshqacha tipdagi futbolilarni tushirishni o'yladik. Qaysidir joyda xato qilsak, raqib foydalanib ketishi mumkin edi. Ularga vaqt yoki bo'shliq bersak, istagan ishini qilardi. "Yangier" futbolchilarining imkoniyatini pasaytirish uchun shunday o'ynadik. 

- "Yangier" futbolchilari "SHo'rtan" himoyasini yorib kirishga harakat qildi va buni uddaladi ham. Bu ularning saviyasi bilan bog'liqmi?

- Ha, albatta. Havodan kelgan to'plarda, yakkakurashlarda ustun bo'la olmasdik. Oxirgi daqiqalarda diqqatli bo'lishni aytdik. Uzun to'plarga yarim himoyachilar yordamlashishi kerak edi. Futbolchilarga kiyinish xonasida tashakkur bildirdim. Ularda o'sish bor. "Xorazm" bilan yangi kuch va reja bilan o'ynaymiz. 

- Keyingi mavsumda "SHo'rtan"da qolasizmi?

- "SHo'rtan"da ishlash ko'proq ruhiy tomondan qiyin. Mavsum yakunlanayotganidan futbolchilar qaysidir manoda xursand emas. Murabbiy sifatida bir oz charchadik, desam to'g'ri bo'ladi. 

- Intervyularingizdan birida G'uzorda "SHo'rtan"ning g'alabasidan quvonishmaydi, degandingiz. Bu kimga qarata aytilgandi? 

- Bu ko'proq qo'llab-quvvatlayotgan muxlislar uyda o'tirishgandir. O'z o'yinimiz bilan ularni stadionga qaytara olgan bo'lsak xursandmiz.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика