So’nggi yangiliklar

19:44Al Ain Cup. Ўзбекистон - Эрон. Асосий таркиблар маълум  4 19:25U-17 ЖЧ. Ўзбекистон Италияга ютқазиб, иштирокини нимчорак финалда якунлади  341 19:13Рейндерс: "Мен ЖЧ-2022ни диванда томоша қилганман. Бу сафар бутунлай бошқача бўлиши аниқ"  0 18:48Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Хитой билан муроса кўчасини танлади  3 18:20U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон 1/4 финалга чиқса, тўпурарларимиздан бири майдонга туша олмайди  7 18:04Расмий хабар: "Андижон" Максим Шацких билан хайрлашди  27 17:33Трамп: "ЖЧ-2026 мисли кўрилмаган даражада муваффақиятли ўтиши учун барча нарсани ишга солиш ҳақида кўрсатма бердим"  1 16:55Украиналик сўконғич мураббий қирғиз клубидан бўшатилди  5 16:07АПЛ клуби Левандовскига шартнома таклиф қилди  7 15:38"Бавария" футболчиси жароҳатдан фориғ бўлди  2 15:11"Манчестер Юнайтед" ҳужумчиси 1 ойни майдон ташқарисида ўтказади  1 14:39"Насаф" "Динамо" етакчисига даъвогарлик қилмоқда  17 14:17"Динамо" назорат ўйинида 7:0 ҳисобида ютди  1 14:14Фабио Каннаваро U-17 ЖЧдаги Ўзбекистон – Италия тўқнашуви ҳақида: "Менинг порлоқ бугуним ва менинг тарихим"  11 13:52Осиё кубоги-2027 саралаши. Тожикистон сафарда йирик ғалабага эришди  3

Asror Aliqulov: "Tezkor tashkil etilgan hujumlar natijasida kiritilgan gollar o'yin taqdirini hal qildi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Tezkor tashkil etilgan hujumlar natijasida kiritilgan gollar o'yin taqdirini hal qildi"

Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "Mashal" - "Olimpik-Mobiuz" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- Birinchi bo'limda jamoamizda ozroq charchoq alomatlari ko'rindi. Bilasizlar, dastlab vodiyda, keyin Nukusda o'yinlarimizni o'tkazib qaytgandik. Ikkinchi bo'limda yigitlarda tezkorlik oshdi, qarshi hujumlardan yigitlar unumli foydalanishdi. Tezkor tashkil etilgan hujumda kiritilgan gollar o'yin taqdirini hal qildi.

- Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar o'yinni kuchaytirishdi deb aytsak to'g'ri bo'ladimi?

- Birinchi bo'limda hujum tashkil etishda qiynaldik. Zaxiradan qo'shilgan futbolchilar chindan ham o'yinni kuchaytirishdi. Aytaylik, Babatunde maydonga tushganidan so'ng ko'p vaqt o'tmay gol urdi.

- Milliy terma jamoasida ham, olimpiya terma jamoasida ham 11 metrlik nuqtadan gol ura olmaslik holatlari kuzatilayapti. Bugun ham Xumoyun Murtozaev penaltini golga aylantira olmadi. O'zi jamoa tarkibiga penaltilarga masul bo'lganlar kimlar? Ular mashg'ulotlarda bu borada ishlaydimi?

- Bu narsa ko'proq futbolchilardagi o'yin hissiyoti bilan bog'liq. Hisob ham tasir qiladi. Masuliyatni olish oson emas. Oldimi, demak imkoniyatdan foydalanish kerak. 

- Birinchi bo'limda jamoada charchoq ko'rindi. Ikkinchi bo'limda murabbiyning chizgilar ish berdimi?

- Babatunde zaxiradan qo'shilib o'yinni kuchaytirdi. Bu faqat shu bilan bog'liq emas. Yigitlar birinchi bo'lim davomida o'zlarini tiklab olishdi. Ikkinchi bo'limda tezlik qo'sha olishimizga ishongandim.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика