So’nggi yangiliklar

12:37"Пахтакор-79" жамоасини хотирлаш тадбиридан ГАЛЕРЕЯ  1 12:21Суперлига. 18-тур дисквалификациялари: "Бунёдкор", "Сурхон" ва "Хоразм"да йўқотиш бор  0 12:00МЮ янги футболчиси муҳокамалар марказида  1 11:37Афсонавий ҳимоячи фаолиятини якунлади  1 10:59ПСЖ 150 миллион евролик трансфер бўйича иш бошлади  2 10:31Азар барча даврларнинг энг яхши ҳимоячиси ҳақидаги саволга жавоб берди  1 10:00ПСЖ 65 миллион евролик трансферни ҳал қилди  1 09:26Пролига. 11-турга старт берилади  1 08:56"Пахтакор-79" фожиасига 46 йил тўлди  5 08:51Sofascore. Муҳаммадали Ўринбоев Белгиядаги дебют ўйинида қандай баҳо олди?  3 08:15Яна бир ТОП футболчи "Ал Насср"га ўтишга розилик берди  1 07:38Суперлига. Бугун Фарғона ва Самарқандда даҳшатли ўйинлар бор  23 07:05"Кристал Пэлас" "Ливерпул"ни мағлуб этиб, ўз тарихида илк марта Англия Суперкубогини қўлга киритди  0 06:50Суперлига. "Сўғдиёна" "Машъал" устидан ишончли ҳисобда ғалаба қозонди  0 03:00“Пахтакор-79” хотирасига бағишланган шеър  5

Asror Aliqulov: Samarqandda durang qayd etish yomon natija emas Yangiliklar

Asror Aliqulov: Samarqandda durang qayd etish yomon natija emas

Dinamo - SHo'rtan (0:0) uchrashuvidan keyin G'uzor klubi bosh murabbiyi Asror Aliqulov uchrashuv borasidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Asror aka, bugun “SHo'rtan” bir ochko qo'lga kiritdimi yoki 2 ochko yo'qotdimi?
- Samarqanddan bir ochko olib qaytayotganimizdan xafa emasman. Bugun jamoamiz “Dinamo”ga jiddiy qarshilik ko'rsatib, safardan ochko bilan qaytayapti. Bu bahsda har ikki jamoa ham aslida faqat g'alabani ko'zlagandi. Omadimiz kelsa, imkoniyatlardan foydalanib, g'alaba bilan ham qaytishimiz mumkin edi. Ammo, bugungi natija ham yomon emas. “Dinamo” g'alaba uchun ko'p harakat qildi, ammo boshqa chiziqlar kabi himoya va darvozabonimiz ham yaxshi o'yin namoyish etdi. Ayniqsa, ikkinchi bo'limda “Dinamo” hujumkorlikni oshirib, Ilhom Yunusov, Zohir Qo'ziboev singari tajribali futbolchilari bilan gol urishga intildi, ammo yakunda durang qayd eta oldik.

- «Andijon»ga qarshi g'alabali o'yindan keyin “SHo'rtan” kutilmaganda G'uzorda “Norin”ga mag'lub bo'ldi. PFLning “SHo'rtan”dan 3 ochkoni olib tashlash qarori jamoaga jiddiy tasir qildimi?
- Afsuski, shunday. Bunday narsalar xohlaymizmi-yo'qmi futbolchilar ruhiyatiga tasir qiladi. Har holda, tasavvur qiling maydonda kurashib, g'alaba qozonsangda, senga umuman bog'liq bo'lmagan sabab tufayli natijang bekor qilinsa, qanday tasir qiladi? Ayniqsa, futbolchilar ter to'kib ishlasa-yu, mablag' berilishi vaqtida futbolchiga emas, qaerdagilarga berilsa bu juda alamli holat. Bunday paytda bizga ham futbolchilarni, jamoani tayyorlash, g'alaba uchun kurashga chorlash oson emas. Qolaversa, bunaqa holatlarda muxlislar ham jamoani to'g'ri tushunib, qo'llab-quvvatlashlari lozim. G'alaba qozonsak yaxshimiz, mag'lub bo'lganda esa yakkalanib qolayotgandekmiz. Klubni doimo qo'llab-quvvatlayotganliklarini sezish kuchimizga yana kuch qo'shardi.

- Ko'rinib turibdiki, o'yin jihatdan “SHo'rtan”da yaxshi potencial bor. Jamoa oldiga Superligaga chiqish vazifasi qo'yilganmi?

- Aniq vazifa chempionlik bo'lmasada, mening maqsadim har bir o'yinda maydonga tushib, g'alaba qozonishdir. Qo'l ostimdagi yigitlarga ishonaman, ularda potencial bor. Futbolchilar har bir o'yinda g'alaba uchun borlarini berishmoqda va bundan keyin ham maydonga tushdikmi oxirigacha kurashishda davom etamiz.

Usmon IBODOV yozib oldi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика