So’nggi yangiliklar

15:13ЖЧ-2026 саралаши. Ҳаммани "савалаётган" Япония ва Австралиянинг асосий таркиблари маълум  0 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:21Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  1 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  10 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  27 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  17 09:58"Арсенал"нинг яна бир етакчиси терма жамоада жароҳат олди  0 09:20"Реал Мадрид"нинг 32 ёшли футболчиси жароҳатлар сабаб фаолиятини якунламоқчи  2 08:40"Андижон" бош директори Рубин Хебайнинг жамоага келиши ҳақидаги саволга жавоб берди  6

Asror Aliqulov: "O'zi hakam bilan tortishishning foydasi yo'q, ammo..." Yangiliklar

Asror Aliqulov: "O'zi hakam bilan tortishishning foydasi yo'q, ammo..."

Pro liganing 21-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Xorazm" (3:0) uchrashuvidan keyin mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov o'z fikrlarini bildirdi.

"O'yinda yirik hisobda yutgan bo'lsak ham, bahs oson bo'lmadi. Jismoniy tomonlama, yakkakurashlarda raqib ustunligi sezildi. "Xorazm" oxirgi daqiqaga qadar bizni bosim ostida ushlab turdi", - deydi Asror Aliqulov.

- Birinchi taymda Muhriddin Zoirov juda yaqin masofadan noaniq zarba berdi. O'sha vaziyat bo'yicha murabbiy sifatida fikringiz qanday?

- Bir haftada ikkita mashg'ulot faqat gol urish bo'yicha bo'ladi. Yaqin masofadan ura olmagani o'zining xatosi deb o'ylayman, u erda qattiq tepish shart emasdi, shunchaki darvozabonning yoniga tepsa bo'ldi edi.

- "SHo'rtan" bugun yutgan bo'lsa ham, faqat "Xorazm" klubi futbolkalarining ortida familiyalar yozilgan ekan. Bunga qanday qaraysiz?

- Biz bu yil to'rtinchi marta jamoa yig'dik. Agar familiya yozadigan bo'lsak forma etmasdi va moliyaviy tomonlama ancha qimmatga tushardi.

- Ofsayddan urilgan golga qanday tarif berasiz? O'sha vaziyatda ofsayd bormidi?

- Bu vaziyatda futbolchimiz xato qildimi yoki hakammi buni faqat videoni ko'rib chiqqach aniq gap ayta olaman.

- Zaxira hakami bilan ko'p tortishdingiz. Nima deb o'ylaysiz buning foydasi bormi?

- O'zi istalgan hakam bilan tortishishning foydasi yo'q, o'zim ham futbolchi bo'lganman. Ammo o'yin davomida ehtirosga berilamiz. O'yindan keyin doim qo'l tashlab, uzr ham so'rayman.

- "SHo'rtan" yilni qaysi pog'onada yakunlaydi deb o'ylaysiz?

- Ikkinchi bosqichda yigitlar oldiga keyingi yil uchun tayyorgarlik boshlanganini aytdik. Yosh futbolchilar bu yil o'zlarini ko'rsatishsa keyingi mavsum o'ynashadi, aks holda qaerda o'ynashadi?




Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика