So’nggi yangiliklar

18:41Суперлига. "Бухоро" – "Навбаҳор" (матнли трансляция)  10 18:41"Реал" — "Эспаньол". Таркиблар маълум  0 18:35АПЛ. "Ливерпуль" Мерсисайд дербисида қийин ғалабага эришди  10 18:30Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" (матнли транлсяция)  7 18:05Суперлига. "Хоразм" — "Қўқон-1912" 0:0 (матнли трансляция)  5 17:42"Хоффенхайм" — "Бавария". Таркиблар маълум  1 17:08Футзал. Ўзбекистон Фаластинни тор-мор этди  13 16:41Рубен Санчес: "Мухлисларимизни яна бир бор ранжитишга ҳаққимиз йўқ эди"  0 16:02Тимур Кападзе Хитой мураббийи бўлиши ҳақидаги саволга аниқ жавоб берди  47 14:12"Шўртан" ва "Пахтакор" ўртасида нурсиз дуранг қайд этилган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  1 13:45ОКМК "Бунёдкор"ни йирик ҳисобда мағлуб этган ўйиндан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 12:40Тез орада Хитой бош мураббийи эълон қилинади, якуний уч номзод орасида Кападзе бор  38 12:02Хуршид Ғиёсов: "Терма жамоадан чақирув олсам хурсанд бўламан ва ватан учун боримни бераман"  13 11:35"Барселона" де Йонг билан янги шартнома борасида музокаралар олиб бормоқда  4 11:16Авазбек Ўлмасалиев: "Буёғига Суперлигада осон баҳслар бўлмайди"  0

Asror Aliqulov: "Natijalar yaxshi bo'lsa boshqa muammolar ikkinchi darajaga tushadi" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Natijalar yaxshi bo'lsa boshqa muammolar ikkinchi darajaga tushadi"

Pro liga 14-turdan o'rin olgan "Dinamo" - "SHo'rtan"(0:0) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.

"Dinamo" jamoasi so'nggi bir nechta uchrashuvni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgan edi. Raqib safidagi bo'ydor futbolchilar standart vaziyatlarda yaxshi harakat qilgani bois o'yindan oldin futbolchilarimga sergakroq bo'lishini so'ragandim. Xato qilmaslikni talab qilgandik. Ikki jamoaning o'yinidan kelib chiqib aytadigan bo'lsak durang adolatli va uchrashuvga mos bo'ldi. Biz ko'proq himoyalandik va qarshi hujumda harakat qildik. Raqib to'p bilan ko'proq muomalada bo'lganiga qaramasdan darvozamiz oldida havfli vaziyat yarata olgani yo'q. Qaysi jamoa birinchi bo'lib to'p kiritsa o'sha jamoa yutib ketishi mumkin edi",- dedi Asror Aliqulov.

- "SHo'rtan" oldiga qo'ygan vazifani bajardi desak bo'ladimi?

- Qaysidir manoda yosh futbolchilardan iborat jamoa ekanligimizni, tarkibimizda tajribali futbolchilar kamligini inobatga olsak, ha. Bu bilan to'xtab qolish niyatimiz yo'q, kuchimiz etganicha yuqori o'rinlar sari harakat qilamiz. Hali oldinda o'yinlar ko'pligi sabab bu borada biror narsa deyish qiyin. 

- Jamoaning so'nggi o'yinlarda gol ura olmayotgani nima bilan bog'liq?

- Oxirgi ikkita o'yinda jamoalar bizga qarshi himoyaviy o'yin ko'rsatdi. Ko'rgan bo'lsangiz bugun ham darvozamiz oldida xatolarga yo'l qo'ydik, bu futbolchining saviyasiga bog'liq. Mag'lub bo'lgan uchrashuvlarimizda ham himoyachilarimiz golni raqibga sovg'a qilishdi. Jamoamizda Pro ligada  hali o'ynamagan futbolchilar ham bor. Futbolchi kamligidan ham qiyin ahvolga tushyapmiz. Imkon darajasida ularni o'yinga tayyorlayapmiz. Qaysi futbolchining o'ynay olishini his qilsak shu futbolchiga imkoniyat beryapmiz. 

- Klubdagi shuncha muammolarga qaramasdan vazifa Superligaga chiqish bo'lib qoladimi? Jamoa transferlar ham qila olmaydi...

- Taqiq tasir qiladi albatta. Futbolchilar chetdagi muammolarni o'ylamasligi kerak. Maydonda barchasini hal qilmasak muammolar ortadi. Qo'lga kiritiladigan natijalar yaxshi bo'lsa, bu muammolar ikkinchi darajali bo'lib qoladi. 

- O'zbekiston kubogi bahslari dekabr oyida yangi formatda o'tkaziladi. "SHo'rtan" kubok haqida ham o'ylab ko'rdimi?

- Pro ligada futbolchilar kamligidan qiynalyapmiz. SHunday ekan kubokda imkoniyatimiz qanday bo'lishi mumkin? Jamoamiz imiji uchun o'ynaymiz. 

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика