Asror Aliqulov: "Mashal"ning maqsad strategiyasi faqat natijaga qaratilmagan"
29 mar 2024 20:15
Yangiliklar
Asror Aliqulov: "Mashal"ning maqsad strategiyasi faqat natijaga qaratilmagan"
- O'yin haqida
- Bugun "Olimpik MobiUz"ning yosh futbolchilari bizga jiddiy qarshilik ko'rsatishini bilardik. SHunga mos ravishda o'yinga tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin guvohi bo'lganingizdek, baribir jiddiy qarshilikka uchradik va bizda ko'p narsa o'xshamadi. Qaysidir manoda tezlik borasida yosh futbolchilar bizdan ustunlik ham qilishdi.
- Bugungi o'yin oldidan tarkibda yo'qotishlar bormidi?
- Tarkibda yo'qotishlar yo'q. Lekin bugungi o'yin uchun turli rotaciyalarni amalga oshirdik.

- Ayrim murabbiylar o'yin sifatidan ko'ra natijasini ustun deb hisoblashmoqda. Sizda bu boradagi fikrlar qanday?
- "Mashal"ning o'yin strategiyasi faqat natijaga qaratilmagan. Bizda yaxshi futbolchilarni etishtirib, boshqa jamoalarga transfer qilish ham vazifasi qo'yilgan. Agar to'liq natijaga etibor qaratib qolsak, o'yin sifati bo'lmasa, futbolchilarimizga atrofdan qiziqish bo'lmaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar