So’nggi yangiliklar

01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  0 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  4 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  3 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  3 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  4 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  3 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  2 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0 19:45Моуринью: "Португалияга қайтаман. Фаолиятим охирида эмас, чўққисида"  2

Asror Aliqulov: "Kubokka davogar jamoani musobaqadan chiqarib yubordik. "Neftchi"ning uslubiga tayyor edik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Kubokka davogar jamoani musobaqadan chiqarib yubordik. "Neftchi"ning uslubiga tayyor edik"

O'zbekiston kubogi 1/8 bosqichidan o'rin olgan "Neftchi" va "Mashal" o'rtasidagi o'yindan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida qatnashdi.

– O'yin haqida

– Bugun ayrim futbolchilarga dam berishga qaror qilgandik. "Neftchi"ning uslubiga mos o'yin ko'rsatdik. To'p nazoratini birinchi o'ringa qo'ydik. "Neftchi"ni bosim qilishga undab, keyin o'z o'yinimizni ko'rsatishni reja qilgandik. O'ylagan barcha rejamiz har safar ham o'xshayvermadi. O'yin oxirida ko'proq himoyalandik. "Neftchi" kubok g'olibligiga davogar edik. Biz esa bu klubni musobaqadan chiqarib yubordik.

– Uchrashuv qaydnomasidan jamoaning asosiy o'yinchilari joy olmadi. Lekin ular stadionga kelishdi. Ularning olib kelinganini sababi nima edi?

– Keyingi o'yinimiz "Navbahor"ga qarshi. Shu sababli butun jamoani o'zimiz bilan olib keldik. Vodiyda qolamiz keyingi o'yinga qadar. Qo'qonda tayyorgarlik olib bormoqchimiz.

– "Neftchi"ga bugun nima etishmadi?

– Raqib jamoa o'ziga xos hujum qildi. Ikkita kenglikda o'ynovchi futbolchi. Qanotlardan paslar, qaysidir holatda yuqoridan pas. Ikkinchi tempda hujum qilish. "Neftchi"ning bu uslubiga tayyorgarlik ko'rgan edik. Har bir vaziyatda 100% ularni zararsizlantira olmagan bo'lsak ham, yakunda gol urishga imkoniyat qoldirmadik. Jamoamiz himoya chizig'i yaxshi harakat qildi deya olaman. "Neftchi"da bizni mensimaslik holati bo'lgan yoki yo'q, buni bilmayman. Uzun paslarga biz tayyor edik. 

Gol bo'lgan vaziyatda standart holatda ikki futbolchimiz o'z joyini o'zgartirdi. To'p uzatish ham yaxshi chiqdi. Bu oldindan o'ylangan reja edi.  

 O'zbekiston kubogi navbatdagi bosqichida kim raqib bo'lishini istagan bo'lardingiz?

– Biz har bir o'yinga alohida tayyorgarlik ko'ryapmiz. Keyingi raqib kimligini bilganimizdan so'ng shunga qarab ish qilamiz.

– Davralar oralig'ida tarkibni kuchaytirish rejada bormi?

– Rejada bor, albatta.

– Jamoa o'yinga tushishidan oldin reja qanday edi? Goldan so'ng taktikada o'zgarish bo'ldimi?

– Biz ikkinchi jamoa bo'lib o'ynash niyatimiz yo'q edi. O'yinni yaxshi boshladik. Uchrashuv boshida biroz asabiylashdik. Bunga sabab o'yin boshida "Neftchi" ikkita hujumchi bilan bizga bosim qilyapti. Bizning to'rt himoyachi va darvozabonimiz esa asosan uzun to'plar bilan o'ynashdi. Uzun to'plar ko'p holatda to'p yo'qotishga olib keladi. Bu o'yinda himoyalanishimiz aniq edi. Qaysidir holatlarda biz bosim qildik, bazida himoyalandik. Qarshi hujum degan reja yo'q edi. Golni biz urdik, agar "Neftchi" gol urganda boshqacha bo'lishi mumkin edi. Bizda charchoq kuchli edi. Tezlik borasida ham bu sezildi. "Neftchi"da yaxshi futbolchilar yig'ilgan.

– Asror Aliqulov boshchiligida "Mashal" Pro ligada ha shu bosqichga etib kelgan. Sizda bitta o'yinga yaxshi tayyorlanish bo'yicha malaka borga o'xshadi...

– "Neftchi"ga tayyorlandagdik. Har safar ham bu o'xshashiga kafolat yo'q. Ayrim holatlarda biz o'ylagan reja ish beradi, bazida esa yo'q. Bitta o'yinda g'alaba qozondik degani, bo'ldi degani emas. Biz kurashishda davom etamiz. 

Reyting: +4   

Fikrlar

+2   
25 iyu 05:33:37
Адхамжон Низамов
Эссиз халк пуллари,тешиб чиксин.Нефтчини уйинига шунчаки кулиб куйдик
+1   
25 iyu 01:14:47
leva8989
Levchenkoni uslubini magazinchi G'aybulla ham biladi...Superliga darajasidagi murabbiy emas Levchenko...Bu mavsum ham uxladi Neftchi,endi tinchgina LEBEDEV ga berish kerak...LEVCHENKO AUT...
+1   
25 iyu 00:51:44
Temur Yusupov
Qoooooch Mashal kelobdi)
   
26 iyu 09:47:25
Cr7_
Asror aka Aliqulov judayam kuchli mutaxasis
Faqat shu juda qisib qoladida akaniki ishlash qiyin
Gaplarini ko'tarish qiyin
Lekn ajoyib murabbiy "Futbol bilan Yashaydi"
   
25 iyu 10:00:01
DRAKON
Nargiza Mirodxojayeva foydalanuvchining fikriga javob berish
Neftchida markaz umuman ishlamayapdi
Наргизахон шу пидболга қизиқиб нима қиласиз асаб булиб,ундан кура бирорта лох болани топиб олиб бошини айлантириб ташлаб эрга тегволсаез яхшимасми? Нима дедиз
   
25 iyu 09:55:43
DRAKON
Қисқа лунда қилиб дехқончасига айтадиган булсак Непчини кетига гугирт чуп суқиб саратон қилиб уйнатдек дебди Алиқулов
   
25 iyu 08:54:18
Odiljon
Vodiy.komandalari.xammasi.bir.gor.Anjonni.koring.Arvaledze.pro.ligada.Bubanya.Xorazmda.Shu.Anjon.qanday.qilib.Ozbekiston.shanini.ximoya.qiladi.Ochlda.boshqa.jamoaga.berish.kerak.Kimlar.keldi.bu.yil.kizilkumni.yutmagan.jamao.bilmadim.Shatskix.kwldi.nima.ozgardi.birjamoada.5 6yil.oynasa.oyin.chiqafida.bizi.ozbek.futboli.kochmanchi.
   
25 iyu 04:39:07
Davlatbek Alibekov
Marufzhon Kholmatov foydalanuvchining fikriga javob berish
Нефтчида фақат бюджет пуллари ишлайди.
Жуда ту'гри ва маъноли су'з лариз
   
25 iyu 01:17:54
Marufzhon Kholmatov
Nargiza Mirodxojayeva foydalanuvchining fikriga javob berish
Neftchida markaz umuman ishlamayapdi
Нефтчида фақат бюджет пуллари ишлайди.
   
25 iyu 00:08:18
Nargiza Mirodxojayeva
Neftchida markaz umuman ishlamayapdi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика