So’nggi yangiliklar

14:28U-17 ЖЧ. Ўзбекистоннинг Ирландияга мағлубиятган учраган ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 14:02"Қизилқум" — "Андижон". Таркиблар маълум  1 13:32Про лига. "Арал" — "Локомотив" ва "Олимпик Mobiuz" — "Жайхун" ўйини учун таркиблар маълум  2 13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  7 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  2 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  63 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  17 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  5 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3

Asror Aliqulov: "Ikki hujumchi bilan o'ynashimiz mumkin, qachonki..." Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Ikki hujumchi bilan o'ynashimiz mumkin, qachonki..."

"Qizilqum" - "Nasaf" uchrashuvidan so'ng mezbonlar ustozi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

Asror Aliqulov: Bahs og'ir bo'lishini hisobga olib, qarshi hujum taktikasidan foydalandik. Gol urdik va to'p nazoratini "Nasaf"ga topshirdik. Futbolchilarimizda biroz hayajon borligi sezildi. Qisqa paslarimiz ham o'xshamadi. So'nggi soniyalarda afsuski gol o'tkazib yubordik.

- G'alaba so'nggi soniyalarda qo'ldan chiqdi, ammo futbolchilar o'ziga belgilangan vazifani qay darajada bajara olishdi?

- Futbolchilar bugun ko'p to'psiz harakat qilishdi, bu oson emas. Ulardan mamnunman.

- Murod Rahmatov "Nasaf"dan ijaraga olingani uchun maydonga tushmadimi?

- Futbolchini ijaraga olayotganda shartnomada shunday band bo'lgan.

- Islom Kenjaboev mavsumni yaxshi boshladi, jamoa etakchisi bo'lib o'ynayapti. Uni mavsumning ikkinchi qismida ham "Qizilqum"da ko'ramizmi?

- Kenjaboev so'nggi bir-ikki yil o'z saviyasida o'ynay olmadi. Biz unga formasini tiklashga yordam beryapmiz, u esa jamoamizga. Uning hujumdagi individual harakatlari bizga foyda keltirmoqda.

- "Qizilqum" 2 nafar hujumchi bilan o'ynashi haqida o'ylab ko'rganmisiz?

- Qachonki jamoada ikki nafar tayanch yarim himoyachisi bo'lsa, ular yakka kurashlarda raqibga imkon qoldirmasa, shundagina ikki hujumchi bilan o'ynaymiz.

- Ilhom Vahobov emociyalarga ko'p berilib ketyapti.

- To'g'ri, ko'p hayolparastlik qiladi. U jamoamizga kelganidan beri Vahobovning o'sishiga iloji boricha yordam beryapmiz. Lekin bu xarakter. Koncentraciyani yo'qotishni bas qilsa, futbolchida rivojlanish kuzatiladi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика