So’nggi yangiliklar

13:05"Машъал" 17 йилдан кейин Қаршида "Насаф"дан 3 очко тортиб олди  1 12:43"Динамо" 11 йилдан сўнг Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этди  0 12:15"Челси" "Ювентус" ҳужумчисини нишонга олди  1 12:07Ратиньо кейинги мавсум учун режаси ва йил давомида энг ноқулай бўлган футболчи кимлигини айтди  3 11:50"Пахтакор" "Қўқон-1912"ни мағлуб эта олмаган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  2 11:28Эшитдик-да! Кападзе Ўзбекистон терма жамоасидан кетди  47 11:05"Насаф" катта устунликка эга бўлиб, "Машъал"га мағлуб бўлган учрашувдан ФОТОГАЛEРEЯ  3 10:41Эрлинг Холанд офсайдлар ҳақида фикр билдирди  6 10:12Антуан Гризманн Лионель Мессининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 09:43Роналду кечаги ғалабадан сўнг қисқа фикр билдирди  12 09:20Суперлига. "Насаф" – "Машъал" 1:2  2 09:15Sofascore. Ўсмирлар терма жамоамизнинг биринчи тур қаҳрамони энг паст баҳога лойиқ кўрилди  3 08:47"Динамо" Тошкентда "Бунёдкор"ни мағлуб этган баҳсдан ФОТОГАЛEРEЯ  0 08:16МЛС. Мессининг дубл қайд этган баҳсда "Интер Майами" йирик ғалабани қўлга киритди  20 08:00Суперлига. Бугун иккита учрашув бор  4

Asror Aliqulov: "Guruhdagi vaziyat taqdiri oxirgi o'yinga bog'liq" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Guruhdagi vaziyat taqdiri oxirgi o'yinga bog'liq"

O'zbekiston kubogi 2-turidan o'rin olgan "SHo'rtan" – "Andijon II" (3:0) bahsidan so'ng g'uzorliklar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirdi.


- O'yin haqida

- O'yin og'ir kechishini bilardik. Yigitlar astoydil kurashishdi. O'ylaymanki, muxlislarga yoqadigan o'yin bo'ldi. "Andijon II" jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Ularning futbolchilari ancha kurashuvchan yigitlar ekanliklarini ko'rsatishdi.

- Uzoq muddatli tanaffusdan keyin Bekzod Suvonovni maydonga tushirdingiz. U bildirilgan ishonchni oqlay oldimi?

- Bekzodga oldinroq ham bir o'yinda imkoniyat bergandik. U mashg'ulotlarda astoydil mehnat qilmoqda. O'ylaymanki, yaxshi o'yin o'tkazdi. Undan ko'proq hujumga o'tishini talab qilgandik. Hali yaxshi o'yinlari oldinda, deb o'ylayman.

- Muhriddin Zoirovning chempionatdagi o'yinlari uncha qovushmayotgandi, lekin bugun dubl qayd etishga erishdi. U bilan individual ishlanib, alohida ko'rsatmalar berilganmidi?

- O'zi har bir futbolchi bilan individual ravishda ishlaymiz. Raqib Birinchi liga jamoasi edi, shuni ham hisobga olish kerak. Biz bosim qildik va bu foyda berdi. Muhriddinda yana boshqa vaziyatlar yuzaga kelgandi, uning yorqin o'yinlari hali oldinda.

-  "Andijon II" 2 ta hujumchi bilan, "SHo'rtan" esa 1 ta hujumchi bilan maydonga tushdi. Tezkor gol urish uchun 2 ta hujumchini maydonga tushirsangiz bo'lmasmidi?

- 2 ta hujumchi bilan o'ynadingiz degani, bu ko'p imkoniyat yaratasiz degani emas. Biz ko'proq bo'shliqlardan foydalanishni xohlaymiz. 1 ta hujumchi raqib himoyachilarini xato qilishga undashi kerak. Biz shu bois bugungi taktikada o'ynadik.

- Guruhdagi vaziyat xususida nima deya olasiz?

- Guruhdagi vaziyat taqdiri oxirgi o'yinga bog'liq. Guruhdan chiqish uchun oxirigacha kurashamiz.

- "Olimpik" bilan o'yinda "SHo'rtan"ning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

- Ko'rdingiz, "Olimpik" kecha "Turon"ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Ko'p jamoalar rotaciyaga qo'l urishmoqda. So'nggi o'yin haqida oldindan bir nima deyish qiyin.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика