So’nggi yangiliklar

16:08Ўзбекистон қизиқиш билдирган мураббийга энди Чехия ҳам даъвогар  2 15:48АПЛда август ойининг энг яхши футболчиси маълум  1 15:30"Машъал" ўз уйида меҳмон бўлган "Шўртан"ни ютган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  1 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  4 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2

Asror Aliqulov: "Bugun tarkibda rotaciyalarga qo'l urdik" Yangiliklar

Asror Aliqulov: "Bugun tarkibda rotaciyalarga qo'l urdik"

O'zbekiston kubogining 1-turidan o'rin olgan OKMK - "Mashal" (0:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida


- Albatta, OKMK kuchli raqib ekanini bilardik. Qanotlardan hujum tashkil etishga urindik, shuningdek raqibga bo'sh xududlar qoldirmaslikka harakat qildik. Kam sonli hujumlarimizdan birida imkoniyatdan foydalanib gol urdik. Tarkibda rotaciyalar qildik, o'yin amaliyoti kam va yosh futbolchilarni maydonga tushirdik. "Mashal" muxlislarini g'alaba bilan tabriklayman.


- OKMK kuchli raqib ekanini avvaldan bilgansiz. SHunga qaramay yoshlarni maydonga tushirib, tavakkal qildingizmi?


- Tarkibda rotaciya qildik. O'yin amaliyoti kam futbolchilarga imkoniyat berishga harakat qildik. 20 yoshli futbolchi qaysidir jamolalarda yosh hisoblanmasligi mumkin. Bugun jamoamiz safida 20 yoshli Sarvar Bekchanov debyut qildi va o'zini yaxshi ko'rsatdi. 


- "Mashal"ning kubok o'yinlarida qaergacha etib borish maqsadi bor?


- Birinchi navbatda guruhdan chiqishga harakat qilamiz. Keyin har bir uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rib, g'alaba uchun maydonga chiqish maqsadimiz bor. Oldindan bu borada biron fikr aytib bo'lmaydi.

Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика