So’nggi yangiliklar

20:52Суперлига. "Пахтакор" сўнгги ўриндаги "Шўртан" майдонида очко йўқотди  50 20:28Суперлига. ОКМК ўз майдонида "Бунёдкор"ни янчиб ташлади  8 19:49Арне Слот: "Одамлар Вирц атиги 22 ёшда эканлигини унутиб қўймоқда"  2 19:20Рональд Араухо: "Умид қиламанки, Рэшфорд гол уришда давом этади"  1 18:49Кутганмидингиз? Рэшфорд – ЕЧЛда ҳафта футболчиси!  15 18:34Эктор Купер Месси билан боғлиқ қизиқ воқеани ёдга олди  17 17:53Энтони Гордон: "Ньюкасл" "Барселона"га қарши ўйини билан фахрланиши мумкин"  3 17:19Флик: "Бу икки гол Рэшфордга олдинга қадам ташлашга ёрдам беради"  4 16:50"Ҳоландни Левандовски, Месси ва Роналду каби ҳужумчилар қаторида эканлиги билан табриклайман" — Гвардиола  1 16:23Элит ОЧЛ. 1-тур якунлари  3 15:54Ўзбекистон терма жамоаси собиқ етакчилари афсоналар турнирида қатнашади  3 15:32Нодир Элибоев: "Бизда янги давр бошланмоқда. Тажрибали ўйинчилар ўз ўрнини ёшларга бўшатиб бериши табиий ҳол"  0 15:15Конте: "Манчестер Сити"га қарши 10 киши билан ўйнашнинг иложи йўқ"  5 14:41Эрик Кантона Исроилни ФИФА ва УЕФАдан четлаштиришга чақирмоқда  13 14:14Кристенсен "Барселона"даги келажаги ҳақидаги саволга жавоб берди  0

Asror Aliqulov 7:1 hisobidagi g'alabadan keyin: "Agar birinchi taymda gol urganimizda hisob yanada yirik bo'lardi" Yangiliklar

Asror Aliqulov 7:1 hisobidagi g'alabadan keyin: "Agar birinchi taymda gol urganimizda hisob yanada yirik bo'lardi"

Pro liga navbatdagi turidan o'rin olgan "SHo'rtan" - "Zomin"(7:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Asror Aliqulov fikrlarini bildirib o'tdi.




Birinchi davrada ilk mag'lubiyatimizni aynan "Zomin"dan qabul qilib olgandik, o'sha bahsda o'z xatolarimiz tufayli yutqazgandik. Bugungi o'yinga futbolchilarni tayyorlash oson bo'lmadi, raqibdan revansh olish uchun harakat qildik. Biroq birinchi taymda juda ham shoshdik va 2-3 metrlardan ham gol ura olmadik. Birinchi bo'limda agar gol o'tkazib yuborganimizda "Zomin"ning ishtiyoqi oshardi, standart vaziyatlarda raqibga imkoniyat bermaslikni uqtirgandim. Ikkita gol urilguniga qadar barchamiz kuchli hayajonda edik.

- Yirik hisobga ikkinchi taym boshida urilgan tezkor gollar sabab bo'ldimi?

- Agar birinchi taymda ham gol urganimizda hisob bundan ham yirik bo'lardi deb o'ylayman. Hisob yiriklashgach futbolchilardagi bosim yo'qoldi va "Zomin" jamoasining himoyadagi pala-partish harakatlari tufayli ko'plab gollar urdik.

- Jasur Xolto'raev bugun 5ta gol urib penta-trikka erishdi. Uni ikkinchi taym uchun asrab qo'yganmidingiz?

- Biz yosh futbolchilardan asosan hujumda foydalanamiz. Boshqa poziciyada yoshlardan foydalana olmayapmiz. SHu bois Jasurni majbur bo'layapmiz ikkinchi taymda tushirishgan.

- "Zomin" darvozaboni almashtirilgach siz ham darvozabonni almashtirdingiz. Bunga nima sabab bo'ldi?

- Uzoq vaqt davomida bir darvozabonni o'ynatdik. Oxirgi o'yinlarda asosiy posbonimiz ishonchsiz o'yini tufayli boshqa darvozabon Akmal Rahimovni tayyorladik. Mirzohidga dam berdik. Hisob yiriklashgani uchun zaxiradan uchinchi posbonni ham tushirishga qaror qildik.

- Xudoyorxon Sagdullaev uchta juda qulay vaziyatdan foydalana olmadi...

- U juda sovuqqon futbolchi. Ammo unda biroz "pijonlik" hislati bor. Bu yaxshi futbolchi bo'lib etishishiga to'sqinlik qiladi. Agar bundan voz kechsa va driblingga ko'p berilmasdan qora mehnatdan qochmasa juda kuchli o'yinchi bo'ladi.

- Bugun qaysi chiziq sizni ko'proq asabiylashtirdi?

- To'g'risini aytsam har bir chiziqda ko'plab xatolar bo'ldi. Birinchi navbatda bu himoya chizig'i. O'yin qanday bo'lsa ham himoyachilar sergaklikni yo'qotmasligi shart.

- Bugun ko'p gollar urildi, ammo muxlislar o'yin surati past bo'ldi deb hisoblashdi.

- Biz har bir o'yinda futbolchilardan tezkorlikni talab qilamiz. Mavsumdagi 8-uchrashuvimiz. Dastlabki o'yinlarda tezkorlik bor edi. Tezkorlik futbolchilarning fikrlashiga ham bog'liq. Bunga barcha futbolchilar ham tayyor emas.

- Futbolchilik davringizda eng yirik g'alaba qanday bo'lgandi?

- "Paxtakor"da o'ynaganimda 11:0 hisobida yutgandik.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика