So’nggi yangiliklar

07:40Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб ўйин бор  0 06:00Суперлига. Тошкентдаги чангли ўйинда дуранг қайд этилди. "Қўқон-1912" ўз майдонида, "Андижон" эса сафарда мағлубиятга учради  0 01:55Лига 1. Хвичанинг дубли ПСЖга "Осер" устидан ғалабани тақдим этди  1 01:14"Ливерпуль" янги битимни эълон қилди  1 00:47Баҳром Ҳайдаров: "Иккита мағлубиятдан сўнг фожиа ясаш нотўғри"  2 00:45Гвардиола мавсумда 16 та ўйинда мағлуб бўлди. "Ман Сити" устози фаолиятидаги антирекордни янгилади  7 23:38Рўзиқул Бердиев: "Қўқон-1912" анча курашувчан жамоа эканлигини билардик"  6 23:30Саудия Арабистони чемпионати. "Ал Файҳа" сўнгги дақиқаларда урилган голлар эвазига "Ал Ухдуд"ни мағлуб этди, Шукуров 90 дақиқа ўйнади  1 22:46Суперлига. "Шўртан" мавсумдаги илк ғалабасини бир киши кам бўлиб қолган "Андижон" устидан қўлга киритди  83 22:31Англия кубоги. "Манчестер Сити" финалда "Кристал Пэлас"га мағлуб бўлиб, жорий мавсумда соврин ютиш имкониятини қўлдан чиқарди  86 21:51Вадим Абрамов: "Жуда ёмон ўйин намойиш этдик. Мухлислардан узр сўрайман"  4 21:31Улуғбек Бакаев: "Мағлубиятли сериядан сўнг қайд этилган дурангни яхши натижа деб ҳисоблайман"  9 21:20"Ливерпуль" 35 млн евролик трансферни амалга оширмоқда  4 20:57Суперлига. "Қўқон-1912" ўз майдонида "Насаф"га мағлуб бўлди   28 20:42Германия Бундеслигасида 2024/25 йилги мавсум якунланди  3

Asqar Umarov: "Eldor Karimov vaqti kelib "Zomin" murabbiylar shtabida ishlaydi" Yangiliklar

Asqar Umarov: "Eldor Karimov vaqti kelib "Zomin" murabbiylar shtabida ishlaydi"

Pro-liganing 14-turidan o'rin olgan "Turon" - "Zomin" (3:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Asqar Umarov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

- CHiroyli uchrashuv guvohiga aylandik. Afsus, o'yinning yakuniy natijasi biz kutgandek bo'lmadi. Jamoamizda katta o'zgarishlar bo'lganligi sezilib qoldi. Himoya chizig'imizda bir qator xatolar ko'zga tashlandi. Raqib bu imkoniyatlardan foydalanib ketdi. 

- Jamoani yozgi transferlar oynasida tark etgan va tarkibga qo'shilgan futbolchilar haqida qanday izox berasiz?

- Bir qator futbolchilarimizga yaxshi takliflar bo'lgani bois ular boshqa jamoalar safiga borib qo'shilishdi. Natijalarimiz yaxshi bo'lmasa ham tarkibimizdan etishib chiqqan iqtidorli futbolchilar kuchli jamoalar etiborini torta oldi. Ularga omad tilaymiz. Tarkibga bir qator yangi futbolchilarni qo'shib oldik. Pro-ligada o'z o'rnimizni saqlab qolish uchun astoydil ishlayapmiz. 

- Birinchi davrada jamoada moliyaviy qiyinchiliklar borligi aytilgandi. Hozirga kelib ushbu muammo qanchalik darajada bartaraf etildi?

- Hozircha moliyaviy muammolar to'liq bartaraf etilgani yo'q. Klubimiz rahbariyati bu borada harakat qilishayapti, bir qator xomiylar varianti bo'yicha ishlarni amalga oshirayapmiz. Bundan tashqari, viloyatimiz hokimi ham klubga ko'mak berilishini aytib o'tishgan. Maqsadimiz jamoamizni katta futbolda o'rni borligini ko'rsatib berish va bu borada astoydil harakat qilayapmiz.

- Jamoa birinchi bo'limdan ko'ra ikkinchi bo'limda yaxshiroq o'ynadi. Bu nima bilan bog'liq?

- Albatta, biz jismoniy xolatga etibor qaratamiz. Ikkita hujumchini maydonga tashladim, natija berib raqib darvozasiga gol urdik. Imkoniyatlarimiz bo'ldi, foydalana olmadik. Jamoa tarkibida o'zgarishlar bo'lgani sezilib turdi. Yangi futbolchilarni o'zaro moslashib ketishi uchun vaqt kerak.

- Yozgi tanaffus vaqtida jamoa bosh murabbiyi o'zgargani haqida xabarlar chiqdi. Keyinchalik bu malumot o'z tasdig'ini topgani yo'q. Ayni kunda siz jamoa bosh murabbiyi sifatida ishlashda davom etmoqdasiz. Mazkur xolat bo'yicha qanday izox bergan bo'lardingiz?

- Albatta, biz jamoani yanada kuchli qilish uchun harakatdamiz. Yangi bosh murabbiy (Jahongir Jiyamurodov, tahririyat izoxi) kelib, yaxshi rejalar tuzgandi. Faqat oilaviy muammolar sabab ishlashga imkon topa olmadi. U bizga ko'maklashmoqchi edi, faqat vaziyat shuni talab qildi. Yana o'zimiz jamoamiz oldidagi vazifalarni bajarish uchun harakatda davom etayapmiz.

- "Zomin" haqida gap ketsa, muxlislar jamoa sardori Eldor Karimovni yaxshi tanishadi. Eldor qaysidir manoda jamoaning yuziga aylanib qolgandek. Kelgusida uni jamoa murabbiylar shtabiga taklif etish rejasi bormi?

- Albatta, Eldor jamoamiz sardori va to'purari. U hozir murabbiylik kurslarida o'qiyapti. Kelgusida Eldorni murabbiylar shtabiga olib birgalikda ishlash rejamizda bor.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика