So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  5 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  1 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Asilbek Qayumov: "Eldor SHomurodov kabi hujumchi bo'lishni maqsad qilganman" Yangiliklar

Asilbek Qayumov: "Eldor SHomurodov kabi hujumchi bo'lishni maqsad qilganman"

Xabaringiz bor, shu kunlarda O'zbekiston U-19 terma jamoasi "CHig'atoy"da o'quv-yig'in mashg'ulotlarini olib bormoqda.

Biz mazkur yig'in tafsilotlari yuzasidan U-19 terma jamoasi azosi, V PRO-Liga vakili "Turon" klubi futbolchisi Asilbek Qayumov bilan intervyu tashkil etdik.

O'zbekiston U-19 terma jamoasiga ikkinchi bor chaqiruv oldim. Bu xabarni eshitganimda juda xursand bo'ldim. Har bir futbolchi uchun o'z Vatani terma jamoasi safida maydonga tushishdan ortiqroq baxt bo'lmasa kerak. Mazkur taklif men uchun hayotimdagi eng muhim voqea sifatida yodimda qoladi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasining har bir chizig'ida raqobat juda kuchli, mazkur kurashda yutib chiqqan futbolchi jamoa o'ynaydi.

O'zbekiston U-19 terma jamoasi libosini kiyganimda menda o'zgacha his-tuyg'ular jo'sh uradi, faxrlanib ketaman. Hozirgi kunda jamoada mashg'ulotlarda ishtirok etayotganimda juda xursandman.

Kelajakda O'zbekiston milliy terma jamoasi safida maydonga tushishni niyat qilganman. Nasib qilsa albatta Eldor SHomurodov kabi hujumchi bo'lishga harakat qilaman. Men qaysi jamoa safida maydonga tushsam, o'sha jamoa uchun borimni berib o'ynashni maqsad qilganman. Ota-onamni o'z o'yinlarim bilan xursand qilish - hayotdagi eng orzularimdan biri, bunga erishishga astoydil harakat qilaman - deydi Asilbek Qayumov.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика