Asilbek Aliev: "Turnir boshidan chempionlikni maqsad qilgan edik"
22 apr 2025 11:45
Yangiliklar
Asilbek Aliev: "Turnir boshidan chempionlikni maqsad qilgan edik"
O'zbekiston U-17 terma jamoasi hujumchisi Asilbek Aliev musobaqa taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Malumot uchun, hamyurtimiz qita turnirida 5 ta gol bilan eng yaxshi to'purar bo'ldi.
"Hissiyotlarimni aytib bera olmayman. Turnir boshidan beri chempionlikni maqsad qilgan edik. Ortga chekinmasdan faqat g'alaba uchun o'ynadik. Xudoga shukur chempion bo'ldik. Birinchi vazifamiz Jahon chempionatiga chiqish edi. Ikkalasini ham uddalaganimizdan xursandman.
Ikkinchi bo'limda o'ng qanot yarim himoyasiga tushdim. Orqaga qaytib o'ynashim kerak edi. Maydonda 8 ta qolgandik, ular hujumga urg'u qaratgandi.
Bu yutuqni ota-onamga, murabbiylarimga bag'ishlayman", - deydi Asilbek Aliev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Навбаҳор" сафарда "Пахтакор"ни мағлуб этди
Суперлига. "Нефтчи" "Андижон"ни йирик ҳисобда мағлуб этди, Искандеров ўйинни ҳал қилди
ЕЧЛ. "Барселона" меҳмонда "Ньюкасл" билан дуранг ўйнади
Родриго тиззасидан операция қилинди
Fikrlar