So’nggi yangiliklar

16:59Ўзбекистон - БАА. 18-учрашув арафасида. Аввалги баҳсларда қандай натижа қайд этилган?  2 16:46"Реал" "Байер" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  1 16:14"Манчестер Сити" Коул Палмерни қайтармоқчи ва бу трансферга 150 млн евро сарфлашга тайёр  0 15:45ЖЧ-2026 саралаши. Япония - Австралия (Матнли трансляция)  4 14:59Про лига 23-турига ҳакамлар тайинланди. Марказий учрашувда ВАР ишлайди  0 14:00"Манчестер Юнайтед" Каземирога ўринбосар топди, лекин футболчининг бундан хабари йўқ  5 13:31Мюллер фаолиятини 2025 йилнинг ёзида якунлаши мумкин  0 13:00"Ал Қодисия" Руй Виторияни ишга таклиф қилмоқчи  0 12:34Жирков: "РПЛда 99,9% эҳтимол билан "Зенит" чемпион бўлади"  0 12:27Ўзбекистон, Корея ва Япония пешқадам, Хитой ва қўшниларимиз ҳали очко олишмади. Бугунги ўйинлар ва гуруҳлардаги ҳолат  19 12:06"Милан" устози эски танишини Италияга олиб келмоқчи  0 11:45Марко Ройс нима сабабдан Саудия Арабистони клублари таклифини қабул қилмаганини айтди  1 11:20Дидье Дешам: "Тўпни ҳужумга етказишда муаммога дуч келдик"  0 11:00Ўзбекистон терма жамоасининг БАА билан ўйин учун тахминий таркиби  30 10:37"Барселона" ёзда бомба трансферни амалга оширмоқчи  25

"ASIAN FIGHT-2017" uchun ikkita chipta o'ynaldi Yangiliklar

"ASIAN FIGHT-2017" uchun ikkita chipta o'ynaldi

Teglar :  Asian FightTanlov
9 sentyabr kuni Toshkentda mikst silat bo'yicha jang oqshomi tashkil qilinadi.

"ASIAN FIGHT-2017" turniri doirasida 9 nafar o'zbek sportchisi dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan raqiblariga qarshi jang o'tkazadilar. SHuningdek, tadbirga faxriy mehmon sifatida taniqli kinoaktyor va sportchi Stiven Sigl tashrif buyuradi.

Saytimiz muxlislar uchun "Bunyodkor" stadionida bo'lib o'tadigan jang oqshomiga ikkita chipta taqdim etadi. CHiptalar egalarini tanlov yo'li bilan aniqlab olamiz. Tanlovda 10 ta savol beriladi. Bitta to'g'ri javobni topgan muxlisimiz bir ochko egasiga aylanadi. 10 ta savol yakuniga ko'ra eng ko'p ochko to'plagan muxlisimizga ikkita chipta sovg'a qilinadi. Savollarga 5 daqiqa vaqt ajratiladi.


YANGILASH


1-savol: Ikki karra Olimpiada chempioni hisoblangan u sportchiga tirikligidayoq Xelsinkida haykal qo'yilgan. U kim?

Javob: Paavo Nurmi (Z Saidov to'g'ri topdi)


2-savol: "Zizu kabi o'yna" filmi qahramoni aynan shu jamoa safida to'p tepardi. Qaysi jamoa?

Javob: PSJ (Hasano)


3-savol: Barchaga malumki, Xalqaro Olimpiya qo'mitasi Milliy Olimpiya qo'mitalari uchun ichta belgidan iborat qisqartmalardan foydalanib keladi. Masalan O'zbekiston uchun UZB, Ukraina uchun UKR.

Savollar quyidagicha:

a) 1908 - 1912 yillarda ANZ qisqartmasi qaysi mamlakatlar uchun qo'llanilgan?

b) 1920-1992 yillarda qaysi mamlakat TCH qisqartmasi bilan talqin qilingan?

v) Qaysi mamlakat 1972 yilgi Olimpiadada VOL qisqartmasidan foydalangan? (uchta savolga to'liq javob uchun bir ochko beriladi)

Javoblar:

a) Avstraliya va Yangi Zelandiya. (Izoh: o'sha yillari Avstraliya va Yangi Zelandiyalar bitta jamoa: Avstralaziya bo'lib ishtirok etganlar.

b) CHexoslovakiya

v) Burkina Faso. (Izoh: O'sha yili Burkina-Faso mamlakatining nomi Yuqori Volta Respublikasi deb atalgan) (Hasano)


4-savol: 1984 yildan 1994 yilgacha 17 ta jahon rekordini o'rnatgan bu sportchi o'z vaqtida mutaxassislar tomonidan IAAF prezidenti bo'lish uchun nomzodlar sifatida etirof etilgandi. Savol: U kim?

Javob: Sergey Bubka (IAAF - Xalqaro engil atletika federaciyasi) (Dybala)


5-savol: Qanday ko'rsatkich sohibi Pichichi sovrinini qo'lga kiritadi?

Javob: Ispaniya chempionatining eng yaxshi to'purari bo'lgan futbolchi ( Aaron Ramsey_16)


6-savol: Bir bokschimiz WBO chempionlik kamarini uzoq vaqt o'zida ushlab turgan. Professional faoliyati davomidagi qayd etgan natijasi 38-1 ni tashkil qiluvchi sportchimiz necha marotaba WBO kamarini himoya qilgan?

Javob: 17 marotaba. (Artur Grigoryan 1996 yilda WBO engil vazn chempionlik kamarini yutib olgan va 2004 yilga kelibgina kamarni boy berib qo'ygan) (uzbek_fan)


7-savol: "Islom birdamlik o'yinlari-2017"da qaysi sportchi O'zbekistonga ilk oltin medalni taqdim etgan?

Javob: Sadriddin Saymatov (Hasano)


8-savol: 2003 yilda paydo bo'lgan bu sport turi "Kuch bo'lsa aql shart emas" iborasini inkor etadi. Bizga shu sport turini nomini yozib bering.

Javob: SHaxboks (Aaron Remsey_16)


9-savol: Birinchi marotaba o'tkazilgan zamonaviy Olimpiadada qaysi mamlakat sportchilari eng ko'p medalni qo'lga kiritganlar?

Javob: Greciya (Real bu Real)


10-savol: 1912 yilda Stokgolmda bo'lib o'tgan Olimpiadada ilk marotaba undan foydalanishgan. Bugungi kunda sportda keng foydalaniladigan narsaning nomini yozib bering.

Javob: Fotofinish (Hasano)


Tanlov yakunlandi. 10 ta savol yakunlariga ko'ra 4 ta to'g'ri javob bergan "Hasano" nomli foydalanuvchimiz g'olib deb topildi.

Hasano - 4

Aaron Remsey_16 - 2

Z Saidov - 1

Dybala - 1

Real bu Real -1

Uzbek_fan - 1


G'olibimizni tabriklaymiz. Ulardan Telegram orqali CA_Admin ga bog'lanishlarini so'rab qolamiz.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика