Asensio klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida o'ynamaydi
09 fev 2023 00:46
Yangiliklar
Asensio klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida o'ynamaydi
Madridning “Real” klubi hujumchisi Marko Asensio klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalida “Al Ahli”ga qarshi o'yinda maydonga tushmaydi.
Marca xabariga ko'ra, futbolchi mashg'ulotlardan biridan so'ng o'ng oyog'ida noqulaylik his qilgan. Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti bugungi uchrashuvda futbolchi xizmatidan foydalana olmaydi.
Ertaga ispaniyalik vinger tibbiy tekshiruvlardan o'tadi.
Eslatib o'tamiz, asosiy darvozabon Tibo Kurtua, hujumchi Karim Benzema va himoyachi Eder Militao "Al Ahli"ga qarshi o'yinda "qaymoqranglilar"ga yordam bera olishmaydi, ammo ularning turnir finalida ishtirok etish ehtimoli mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar