So’nggi yangiliklar

13:06Аёллар ОЧЛ гуруҳ босқичига қуръа ташланди: "Севинч" Эрон, Хитой ва Ҳиндистон жамоалари билан ўйнайди  0 12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  5 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  1 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  3 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  2 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0

Asadbek Mamurov: "Superliga klublarida o'ynamoqchiman" Yangiliklar

Asadbek Mamurov: "Superliga klublarida o'ynamoqchiman"

Pro-liga 24-turidan o'rin olgan “Iftixor” - “Lokomotiv-BFK” (1:3) uchrashuvidan so'ng mezbonlar futbolchisi Asadbek Mamurov “championat.asia” saytiga intervyu berdi.

Bugungi uchrashuv doigidek shiddatli va keskin kurashlarga boy tarzda o'tdi. O'zi umuman Oltiriqda kechadigan uchrashuvlar mana shunday qiziqarli bo'layapti, bilasizlar jamoamiz muxlislari juda talabchan, lekin ularning har doim qo'llab-quvvatlab turishlari bizni xursand qiladi albatta.

Uchrashuvning birinchi bo'limida jarimadan o'tkazib yuborilgan tezkor gol bizga ruhan o'z tasirini ko'rsatdi. SHu sababmi, yoki jismoniy tayyorgarligimiz etarli bo'lmadi shekilli, birinchi bo'limda ketma-ket gollar o'tkazib yubordik. Ikkinchi bo'limda o'yinimiz jonlandi, astoydil harakat qildik, afsuski baribir mag'lubiyatga uchradik. Futbolda g'alaba va mag'lubiyat yonma-yon yuradi, nima bo'lganda ham muxlislarmizga, jamoamiz murabbiylari va rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman. Endi o'z ustimizda yanada ko'proq ishlaymiz, harakat qilamiz, kelasi uchrashuvlarda g'alaba qozonib, muxlislarmizni xursand qilamiz degan umiddaman.

Kelajakda futbol borasida bilimlarim va jismoniy tayyorgarligimni yanada oshirib, Superliga klublarida o'ynamoqchiman. Har bir futbolchi istaganidek men ham mamlakatimiz milliy terma jamoasida to'p surish orzuim bor.

Bekzod Tolibov yozib oldi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика