So’nggi yangiliklar

19:02Нико Уильямс жароҳати сабаб Испания терма жамоаси ўйинларини ўтказиб юборади  0 18:39Ўзбекистон МТЖ Эронга қарши ўйин олдидан расмий машғулот ўтказди ГАЛЕРЕЯ  7 18:21"Футбол олами". Фарғонадаги "Аср финали" қандай ўтди?   6 18:13Аббос Файзуллаев: "Таркибимиздаги барча футболчилар ўз чемпионатларида яхши формага кириб олишди. Бу бизга анча қўл келади"  2 17:39ПСЖда можаро: футболчилар Луис Энрикенинг тактикасидан норози  1 17:12Сердар Азмун: "Ўзбекистон терма жамоаси сўнгги маротаба бизга жиддий муаммо туғдирганига 12 йил вақт бўлди"  34 16:58Икки турда максимал натижа: Эрон устидан тарихий ғалабага эришамиз(ми)?  8 16:36"Барселона" Войцех Шенснини Чемпионлар Лигаси учун рўйхатдан ўтказди  1 16:07"Коринтианс" молиявий муаммолар гирдобида: Депай Бразилияни тарк этиши мумкин  1 15:38"Бавария" Мусиала билан шартномани янгилаб қўймоқчи  0 15:07"Ливерпуль" ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  2 14:40"Арсенал" "Лейпциг" ҳужумчисини сотиб олиш режасидан воз кечмаган  0 14:14Хавига МЮда ишлаш варианти таклиф этилмоқда  11 13:49"Байер" ярим ҳимоячиси "Бавария"га ўтмоқчи  1 13:21Амир Ғаленои: "Биз дастлабки икки учрашувда гол ўтказиб юбормаган ягона жамоамиз. Эрон – дунёдаги энг яхши мамлакат"  18

Asadbek Mamurov: "Maydonga tushayotganimda gol urish istagim juda yuqori edi" Yangiliklar

Asadbek Mamurov: "Maydonga tushayotganimda gol urish istagim juda yuqori edi"

“Iftixor”- “SHerdor” (1:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar safida eng yaxshi o'yinchi deb topilgan Asadbek Mamurov “Championat.asia” saytiga intervyu berdi.

- Asadbek, bugungi uchrashuv haqida fikrlaringiz qanday?
- Uchrashuv juda shiddatli tarzda o'tdi, keskin kurashlarga boy bo'ldi. Bizda ko'plab golga tortadigan vaziyatlar bo'ldi, afsus omad tufayli foydalana olmadik. Biz bugun yaxshi o'yin ko'rsatdik deb o'ylayman.    

- Siz ushbu uchrashuvda zahirdan maydonga tushdingiz va gol urdingiz...
- Albatta, shu jamoa azosimanmi, demak, jamoaga yordam berishim kerak. Maydonga tushayotganimda gol urish istagim juda yuqori edi, mana niyatimga etishdim, uchrashuvda raqib darvozasiga to'p kiritdim.

- Har bir futbolchi o'z oldiga maqsad qo'yishini bilasiz. Sizning maqsadlaringiz qanday?  
- Menimcha har bir futbolchini orzusi milliy terma jamoada o'ynash bo'lsa kerak. Xuddi shu kabi mening ham shu kabi istaklarim bor, o'z ustimda ishlayman, o'yinlarimni yanada kuchaytiraman, jamoamga munosib bo'lishga harakat qilaman. Nasib qilsa O'zbekiston milliy terma jamoasi safida maydonga tushib, yurtimiz shanini himoya qilaman. Superligada o'ynash niyatlarim bor, albata buning uchun o'z ustimda yanada ko'proq ishlashim lozim bo'ladi.

Bekzod Tolibov yozib oldi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика