So’nggi yangiliklar

23:43Луис Энрике: "ПСЖда уч нафар топ-дарвозабон борлиги ажойиб ҳолат"  0 23:26Италия Суперкубоги. "Наполи" - "Милан" баҳси асосий таркиблари маълум!  0 23:17Самвел Бабаян: “Керакли натижага эришиш учун максимал даражада ҳаракат қиламиз”  2 22:51"Guardian" 2025 йилнинг энг яхши футболчилари рейтингини тузди: Месси қайси ўринда?  0 22:30Тебас: "ЛаЛига ўйинлари Испаниядан ташқарида бўлса нима?"  0 22:12Бруну Фернандеш: "Одамлар Португалия термаси Роналдусиз яхшироқ ўйнайди деб ўйлашади. Агарда бу шундай бўлса, айб бизда"  4 21:54"Барселона" Фликка янги шартнома таклиф қилди  3 21:46Туркия кубоги. "Галатасарой" - "Истанбул Башакшеҳир" учрашуви асосий таркиблари маълум!  15 21:15Эрон кубоги. "Трактор" пенальтилар сериясида ғалаба қозониб, "Персеполис"ни турнирдан чиқариб юборди  3 20:55"Adidas" Салоҳ учун янги дизайндаги бутсаларини тақдим қилди  0 20:36"Барселона" Араухо ўрнига захира топиб қўйди  2 20:11Расман: Финалиссима Қатарда бўлади  9 19:56Феллайни Бельгия жамоаси мураббийлар штабига қўшилди  0 19:29Ҳали январь келмади, аммо "Вильярреал" илк трансферини амалга ошириб бўлди  1 19:06Гвардиола мавсум сўнгида "Манчестер Сити"дан кетади. Жамоанинг кейинги мураббийи ким бўлади?  12

Artyom Petrosyan: "Futbolchilar ruhiy jarlikda. 3-4 kun ichida bu holatdan olib chiqib bo'lmaydi" Yangiliklar

Artyom Petrosyan: "Futbolchilar ruhiy jarlikda. 3-4 kun ichida bu holatdan olib chiqib bo'lmaydi"

Superliganing 9-turi doirasida "Neftchi"ga qarshi o'yindan keyin "Andijon" vaqtinchalik bosh murabbiyi Artyom Petrosyan matbuot anjumanida ishtirok etdi.


O'yin haqida

- Muxlislar g'alaba kutgan edi. O'yinni juda zo'r tashkil qiladigan jiddiy raqibga qarshi o'ynadik. Raqibning birinchi va ikkinchi hududiga o'ta oldik. Faqatgina hujumni yakunlashda muammolarga duch keldik. Raqib bizga imkoniyat bermadi va biz ham deyarli vaziyat yarata olmadik. Ikki vaziyatda biz raqibni qarshi hujumda ushladik, keyinchalik ular to'p yo'qotilgandan keyin bunday holat kuzatilishi mumkin deb, bu jihatda ham o'ynashdi. Raqibni yana bir bor g'alaba bilan tabriklayman. Ular adolatli g'alabaga erishishdi va bizni to'laqonli jazolashdi.

- Jamoani o'yinga bosh murabbiysiz tayyorlash Sizga qiyin bo'ldimi?

- Butun bir jamoaning ruhiy holati juda og'ir darajada. Ketma-ket besh mag'lubiyat, jamoaning bosh murabbiysiz qolishi. Jamoa o'rtada uyg'ongandek ko'ringandi, biroq bu etarlicha bo'lmagan ekan. Menimcha bizga qiyin holatdan chiqib olish uchun vaqt etmayapti. Hozir har 3-4 kunda o'yin. Ketma-ket mag'lubiyat, mag'lubiyat, mag'lubiyat - barcha futbolchilar ruhiy jarlikda. Bundan chiqib olish uchun 3-4 kun kamlik qiladi.

- Bugungi uchrashuvda maydoni markazi deyarli boy berildi. Bu haqida fikringiz qanday?

- "Neftchi"ning futbolchilar biznikilardan kuchlilik qildi. Biz faqatgina markazni emas, to'p yo'qotilgandan keyin barcha o'z joyiga tushib olishi degan narsa bor, shu jihatni yo'qotib qo'ydik. Raqiblarning markazdagi futbolchilari biznikilardan tezroq. Raqib jarima maydonchasi va o'z jarima maydonchamizda futbolchilarning mahorati farqlanib turibdi. Masalan biz raqib jarima maydonchasi ichiga kirolmagan bo'lsak, raqiblar 3-4 vaziyatdan ikkita gol urishdi. Mana farq.

- Bugungi urilgan gollarning ikkalasi ham Oleg Zoteevning qanotidan urildi. U jamoa sardori sifatida o'ynamoqda. Mavsum boshidagi o'yinini deyarli namoyish eta olmayapti. Uning o'yini haqida nima deya olasiz?

- Birinchi gol Oleg Zoteevning qanotidan urilmadi. U to'p uchun kurashdi va g'olib bo'ldi. Keyin to'pni yo'qotdik. Uzatma vaqtida o'ng qanot himoyachimiz joyini yo'qotib qo'ydi, Sayfiev gol urib ketdi. Ikkinchi golda Siz aytganingizdek, uning aybi bor. Zoteev birga bir holatda yutqazdi. Nima ham deya olardim... Istalgan futbolchi xato qiladi. Birorta xato qilmaydigan futbolchi yo'q. Barcha futbolchilar undan mamnun. Lekin Oleg o'z ishiga professional yondashadi, mashg'ulotlarda bor kuchi bilan ishlaydi va asosiy tarkibga loyiq futbolchi.

- Bugungi uchrashuvda yarim himoyachi Rustam Turdimurodov o'rniga Usmonali Ismonaliev maydonga tushdi, keyinchalik tezda himoyachi o'rniga hujumchi Islam Mashukovni o'yinga qo'shdingiz. Bu taktik qarashingiz bilan bog'liqmidi?

- Bu vabank. Usmonaliga hujumda o'ynash yangilik emas. Oldin "Andijon"da ham, "Bunyodkor"da ham hujumda o'ynagan. Bizga hujumda chaqqon futbolchi kerak edi. Biroq rejalarimiz o'xshamay qoldi.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика