So’nggi yangiliklar

14:54"Ливерпуль" футболчисининг голи Жек Грилишга 500 фунтга тушди  0 14:20Погба Франция чемпионатига қайтишга яқин  1 13:58Гвардиола: "Йўқ, бу хабар ёлғон"  0 13:20Расмий хабар: БААга қарши ўйиндан олдин Ўзбекистонда яна бир йўқотиш   14 13:08Владо Радманович: "Катанец ноябрь ойида терма жамоани ўзи бошқаради" (ўйинолди матбуот анжумани тўлиқ)  19 13:00ЖЧ-2026 саралаши. БАА сафардаги ўйинларнинг ҳаммасида ғалаба қозонмоқда  10 12:33Ўзбекистон МТЖ қачон охирги марта ўз майдонида кўк рангли формада ўйнаган?  7 12:09БАА бош мураббийи Паулу Бенту: "Ўзбекистон терма жамоаси мундиалга тўғридан-тўғри чиқишга даъвогар"  15 11:52БАА терма жамоаси Ўзбекистонга қандай таркиб билан келди? Рўйхатда Англияда ўйнайдиган икки футболчи бор  18 11:33Корея Республикаси - Ироқ учрашувида 6 нафар ўзбекистонлик ҳакам ишлайди  6 11:25Месси билан ҳазиллашган Ўринбоев  6 11:05Ўзбекистон БААга қарши кўк либосда ўйнайди  13 10:54"Арсенал" афсонаси Гвардиоладан сўнг "Манчестер Сити"ни бошқариши мумкин  0 10:23"Манчестер Юнайтед"ни бошқариш учун яна бир номзод пайдо бўлди  3 10:08Жаъфар Ирисметов: "Ҳозир терма жамоанинг ўйинини яхши ёки ёмон дейдиган пайт эмас"  7

Artyom Filiposyan: “Hozirgi natijalarda murabbiylarning hissasi katta” Yangiliklar

Artyom Filiposyan: “Hozirgi natijalarda murabbiylarning hissasi katta”

“Buxoro” klubi yana barchaning etiborida desak adashmagan bo'lamiz. Ayni paytga kelib ushbu klub “Lokomotiv”dan keyin turnir jadvalida 2-pog'onada borayotgani etiborga molikdir.

Vaholanki, qishda “Buxoro”da katta o'zgarishlar kuzatildi, murabbiy va futbolchilar almashdi. Odatda, yangi tuzilgan jamoaning o'zini o'nglab olishi uchun vaqt talab etiladi. Ammo buxoroliklarda ham bu jarayon juda yaxshi davom etayotganini ko'rib turibmiz. Hech kim ularni sovrinli o'rinlar uchun kurashishini kutmagandi. Jarohatidan qutulib yana o'zini ko'rsatishni boshlagan himoyachi Artyom Filiposyan “Buxoro”ning himoya chizig'ini tartibga solgan holda jamoaga foyda keltiryapti. O'tgan yildan beri ushbu jamoa sharafini himoya qilayotgan o'yinchi klubning hozirgi muvaffaqiyatli haqida o'z munosabatini bildirdi.

“Murabbiylarimizning hissasi katta bo'lyapti”
-  “Buxoro” jamoasining bu yilgi mavsumni ko'tarinki ruhda o'tkazayotgani rostdan ham bor gap. Ayni paytga kelib turnir jadvalining 2-o'rnida borayotganimiz albatta juda yaxshi ko'rsatgich. Lekin shuni sizga aniq ayta olamanki, bu o'z-o'zidan sodir bo'layotgani yo'q. Buning uchun jamoa juda katta mehnat qilayotganini aytishim zarur. O'zingiz tarkibimizni ko'rib turibsiz, bizda yaqqol ajralib turadigan yulduz o'yinchi yo'q. Bu erda asosan mehnatkash futbolchilar jamlangan. Sizga rostini aytadigan bo'lsam, jamoamizning bugungi kunda 2-o'rinda bo'lishida murabbiylar – Ulug'bek Baqoev bilan Baxtiyor Ashurmatovning hissasi juda katta bo'lyapti. Aynan ularning to'g'ri yo'nalishda ish olib borayotganligi va ko'rsatmalarini to'g'ri bajarib kelayotganimiz sababli ham natijalarimiz chakki emas. Murabbiy va futbolchilar o'rtasida bir-biriga bo'lgan ishonch juda katta. O'ylaymanki, mahalliy muxlislarimiz ham “Buxoro”ning o'yinlari va qayd etayotgan natijalaridan xursand bo'lishyapti. Lekin biz bu bilan to'xtab qolmoqchi emasmiz.


“G'alabaga munosib edik”
-  Bilasizmi, “Dinamo”ga qarshi bo'lib o'tgan o'yinda g'alaba qozonishimizga ishongandik. CHunki biz ushbu bellashuvga juda yaxshi tayyorgarlik ko'rgandik. Lekin o'z maydonimizda “Dinamo”ni yuta olmadik. Aslida esa g'alabaga juda yaqin kelgandik va buning uchun munosib o'yin ko'rsatgandik. Afsuski, futbolda shunaqasi ham bo'lib turadi. Men o'sha o'yinni boshqarib borgan hakamlar haqida gapirmoqchi emasman. SHunchaki, o'z o'yinimizga etibor qaratishni yaxshi ko'raman. Futbolda hamma vaqt g'alaba qozonishning imkoni yo'q-da! O'sha kuni ming harakat qilmaylik, baribir omadimiz chopmadi. Ustiga-ustak o'zimiz ham yaratilgan qulay imkoniyatlardan foydalana olmadik. Bizga birgina gol etishmadi xolos.

“Jamoa oldiga aslida hech qanday vazifa qo'yilmagan”
-  Bu yilgi mavsum oldidan “Buxoro”ning oldiga hech qanday aniq vazifa qo'yilmagan, gapimga ishonavering. Xabaringiz bo'lsa, qishda jamoadan ko'plab o'yinchilar ketishdi, ancha o'zgarishlar bo'ldi. O'tgan yilgi tarkibdan kimlar qoldi? Men, Sanat SHixov, Suhrob Nematov, Muhiddin Xudoyorov kabi o'yinchilar bu yil ham “Buxoro” uchun o'ynayapmiz. Qolgan futbolchilar esa yangi mavsum boshlanishi oldidan kelishdi. Etibor bergan bo'lsangiz, murabbiylar ham chempionat boshlanishiga bir oy vaqt qolganda ishga kirishishdi. Ana shundan so'ng tarkib tuzila boshladi. Tabiiyki, bunday paytda “Buxoro”ning oldiga qanday qilib aniq vazifa qo'yish mumkin? Qolaversa, o'shanda ko'pchilik bizga ishonmadi. “Buxoro”ni oliy ligada qolish uchun kurashishini aytishgandi. CHunki klubda yuz bergan o'zgarishlar sababli jamoaga nisbatan ishonch keskin kamayib ketgandi. Mana shunday paytda biz butun jamoa bo'lib birlasha oldik. Yuqorida aytib o'tganimdek, Ulug'bek Baqoev bilan Baxtiyor Ashurmatov katta hajmdagi ishlarni bajarishyapti. Hozirda yuqori o'rinlarda bo'lishimiz bu bejiz emas. Birinchi davrada bir qator o'yinlarda ochkolarni yo'qotganimizni ham tan olamiz. Agarda bunday holatlarga yo'l qo'ymaganimizda hozirda “Lokomotiv”ga ancha yaqinlashib olgan bo'lardik.


“Bunday imkoniyat yana qachon bo'ladi?”
-  Oldinda yana 9 ta o'yin turibdi. Hamma narsa faqat o'z qo'limizda. Bilaman, ishqibozlarimizning bizdan umidi juda katta. Ular har bir o'yinimizda stadionni to'ldirib, jamoani katta ishtiyoq bilan qo'llab-quvvatlashyapti. Bu esa bizga ruhiy kuch beryapti. SHu bois g'alabalarimizda ularning ham qo'shayotgan hissasi katta bo'layotganini alohida aytmoqchiman va buning uchun ularga minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, “Buxoro”ning 2-o'rinda borayotgani muxlislarimizni yanada ruhlantirib yubordi. O'z navbatida biz ham hozirgi vaziyatdagi imkoniyatni juda yaxshi tushunib turibmiz. Hech kim bunday bo'lishini kutmagandi. Hatto o'zim ham buni o'ylamagandim. Lekin ko'rib turibsizki, futbolda hamma narsa bo'lishi mumkin. “Buxoro” klubi uchun bunday imkoniyat yana qachon bo'ladi? SHuning uchun biz ham mavjud vaziyatdan unumli foydalanib qolishga harakat qilyapmiz. O'z mehnatlarimiz bilan yuzaga kelgan imkoniyatni qo'ldan chiqarib yuborsak o'zimizga ham juda alam qiladi. SHuning uchun har bir o'yin jamoamiz uchun final kabi katta ahamiyat kasb etyapti. SHu bois joriy mavsumni iloji boricha sovrindorlar qatorida yakunlashga harakat qilamiz. Axir bunday imkoniyatni o'zimiz yaratdik, shunday ekan, nima uchun undan foydalanib qolmasligimiz kerak?

“Lokomotiv” hali chempion bo'lgani yo'q”
-  To'g'ri, “Lokomotiv” klubi ancha kuchli. Ularning bugungi kunda peshqadam bo'lib turgani ham bejiz emas. Lekin bu ularni hali chempion bo'lganini anglatmaydi. Ahli marragacha vaqt bor. Manzilga kim birinchi bo'lib etib kelishini vaqt ko'rsatadi. Agarda mavsum tugashiga 3-4 tur qolganida unda katta ehtimol bilan “Loko”ni chempion bo'lishini aytishim mumkin bo'lardi. Lekin hozir bunday deya olmayman. Misol uchun ular Qarshida “Nasaf”ga yutqazishdi. Futbolda esa hamma narsa bo'lishi mumkinligini barcha biladi. Yana shuni ham qo'shimcha qilmoqchimanki, bu yilgi mavsum ancha qizg'in ruhda o'tyapti. Intriga ancha oshganini hamma ko'rib turibdi. Hozirdan biror nima deyish qiyin. Ko'p narsa mavsum oxirida hal bo'ladi. Ungacha esa yana ko'p narsa o'zgarishi mumkin.

FIRDAVSXON

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика