So’nggi yangiliklar

13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  9 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  2 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  8 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  3 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  16 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1 07:39Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  7 04:29Франция кубоги. ПСЖ "Фонтене"ни йирик ҳисобда мағлуб этди ва кейинги босқичга йўл олди  0 04:27Ла Лига. "Реал" ўз уйида "Севилья"ни таслим этди  24

Arteta Potter haqida: "Mag'lubiyatda bosh murabbiyning oila azolari aybdor emas" Yangiliklar

Arteta Potter haqida: "Mag'lubiyatda bosh murabbiyning oila azolari aybdor emas"

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta "CHelsi"dagi hamkasbi Grem Potterga bo'layotgan bosim haqida gapirdi.

Potter qo'l ostida "CHelsi" so'nggi 11 o'yinning faqatgina bittasida g'alabaga erishdi. Jamoa muxlislari bosh murabbiyning istefosini so'rashmoqda.

"Biz, murabbiylar, bu bosim, talablarni to'g'ri tushunamiz. CHunki o'z ishimiz davomida bunday holatlarga ko'p duch kelamiz. Asosiy gap to'pning to'rga borib tushishida, barcha asosan shunga etibor beradi. Ammo shunday faktorlar borki, ularni faqatgina bir tomon nazorat qila olmaydi. Albatta, men Potterga qayg'uraman, chunki menda ham shunday holat bo'lgan.

Ishimiz davomida ko'plab qiyinchiliklar bor. Mag'lubiyat va hatto g'alabalardan keyin ham mehnat qilish kerakligi, kamchiliklar ko'rinib qoladi. Biroq bu sababli boshqa odamni qo'rqitish kerak emas. Mag'lubiyatda bosh murabbiyning oilasi, do'stlari yoki yaqinlari aybdor emas.

O'z navbatida menda ham barchasi chegaraga etib kelgan paytlari bo'lgan. SHu sababli boshqa insonlarni ham bunday holatda ko'rish oson emas", - dedi "Arsenal" ustozi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика