Arteta: "Bunday darajadagi o'yinlarda xatolar mumkin emas"
16 fev 2023 08:58
Yangiliklar
Arteta: "Bunday darajadagi o'yinlarda xatolar mumkin emas"
APL 12-turining qoldirilgan uchrashuvida "Arsenal" o'z maydonida "Siti"ga 1:3 hisobida yutqazib qo'ydi.
"Bu katta jang bo'ldi. Ikkinchi o'tkazib yuborilgan golgacha biz "Siti"ni mag'lub eta olamiz deb o'ylagandik. Ammo biz uchinchi golni o'tkazib yubordik va barchasi tugadi.
Bunday darajadagi o'yinlarda xatolar mumkin emas. Ammo jamoamiz oldiga juda katta maqsadlar qo'ygandi. Raqib uzun paslar orqali o'ynadi va biz qiynaldik. Biz vaziyatlarni etarli darajada yaxshi o'qi olmadik va shu sababli bizni jazolashdi.
CHempionlik poygasi? Men bunga ishonaman. Jamoa "Siti"ga qarshi o'yinda ko'rsatgan darajadan minnatdorman. Ularda uchta vaziyat bo'ldi va bundan foydalanishdi. Bizda ham vaziyatlar bo'ldi, ammo biz gol ura olmadik.
Biz haliyam sovrin yuta olamiz. Futbolchilarimiz bunga ishonishmoqda. Ular uddalay olishlarini his qilishyapti", - dedi Arteta.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Осиё чемпионига айланган U-17 терма жамоасининг 5 нафар футболчиси "Андижон"да!
Сергеев келажаги бўйича бир қарорга келди
Черан "Андижон" таклифини рад этди ва бошқа бир жамоага ўтмоқда
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar