So’nggi yangiliklar

01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  0 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  1 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  1 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  7 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  0 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  3 22:24"Манчестер Сити" рекорд трансферни эълон қилди  6 22:04"Реал"да зиддият: Перес ва Алонсо ўртасидаги илк қарама-қаршиликлар юзага чиқди   9 21:26Консейсаунинг "Ювентус"даги келажаги аниқ бўлди  2 21:05"Реал" Алабадан қутулмоқчи  2 20:53"Айнтрахт" Экитикени "Ливерпуль" таклиф қилган суммага сотмади  3 20:40Пол Мерсон Мадуэкенинг "Арсенал"га ўтишини бемаънилик деб баҳолади  1 20:13Ироқлик футболчи мухлислар билан хайрлашди ва Тошкент томон йўлга чиқди  3

Arteta: "10 oylik peshqadamlikdan so'ng chempion bo'lolmaslik haligacha alam qilmoqda" Yangiliklar

Arteta: "10 oylik peshqadamlikdan so'ng chempion bo'lolmaslik haligacha alam qilmoqda"

"Arsenal" bosh murabbiyi Mikel Arteta APLda chempionlik "Manchester Siti"ga boy berilganligi haqida gapirdi.

- Siz uchun "Arsenal"ning chempionlik uchun kurashishining o'zi sovg'a bo'ldimi yoki rostdan ham sovrinni istaganmidingiz?

- CHempionlikni istagandik. "Arsenal"da doimo talablar yuqori. Haligacha 10 oy peshqadamlik qilib, chempionlikni "Manchester Siti"ga boy berganimiz alam qilmoqda. Biroq bu sport. Ammo ushbu mavsum ligadagi eng yosh jamoa bo'lganimizni inobatga olsak, bu tabiiy hol bo'lishi mumkin.

- Sovrin uchun nimalar etishmadi?

- Ko'p narsalar. Ketma-ket uch durang biz uchun og'ir jazo bo'ldi, keyingi muvaffaqiyatsizliklar esa bularni birlashtirib turdi. So'nggi 3-4 oy davomida ko'plab jarohatlarga yo'liqdik. Bularning bari ishni qiyinlashtirib yubordi. "Arsenal"da to'liq tarkib bo'lib turganida biz barqaror bo'lib turgandik. Ammo muammolar bizga to'siq bo'lib turdi.

Raqiblarda esa dunyoning eng yaxshi tarkibi, eng yaxshi jamoasi va eng yaxshi murabbiyi bor. Bizda tanlov imkoniyati qolmagani bois, qo'lni ko'tarib taslim bo'ldik, - dedi "Arsenal" ustozi.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика