So’nggi yangiliklar

10:53Бугун бўлиб ўтадиган "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси учун жамаоларнинг эҳтимолий таркиби  3 10:27Мареска Санчеснинг 3-дақиқада олган қизили ҳақида гапирди  1 09:55Хаби Алонсо "Реал Мадрид" тарихида фақат икки мураббий эришган муваффақиятни такрорлади  4 09:23"Манчестер Юнайтед" - "Челси" учрашувининг биринчи бўлими АПЛ тарихига кирди  1 08:41"Барселона" Маркус Рэшфорд борасида бир қарорга келди  2 08:07Суперлига. Бугун 22-тур якунланади  3 08:05МЛС. Мессининг иккита голи ва битта голли узатмаси "Интер Майами" жамоасига "Ди Си Юнайтед" устидан ғалаба келтирди  18 07:35Саудия Пролигаси. "Ал Насср"дан йирик ғалаба. Роналдудан дубл  6 06:55Суперлига. "Нефтчи" – "Динамо" 2:1   0 06:40Эксперт фикри. Абдуқаҳҳор Маъруфалиев: "Бухоро"да янги мураббий таъсири кўринди, Фарғонада тенг ўйин бўлди. Лекин..."   5 02:01А Серия. "Ювентус" "Верона"ни мағлуб этолмади, "Милан" эса йирик ҳисобда ғалаба қозонди   13 00:55Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  2 00:50АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Челси"дан устун келди, манчестерликлар рақиб 10 киши бўлиб қолганда иккита гол уришди  63 00:31"Яхшигина "тўда" йиғилди. Сервер Жепаров - "Афсоналар кубоги" ва УЕФА мураббийлик лицензияси учун ўқиш ҳақида  2 00:06Вадим Абрамов: "Захирадан тушганлар ўйинни кучайтира олмади"  5

"Arsenal" Xavercni xarid qildi! U "CHelsi"da nimasi bilan esda qoldi? Yangiliklar

"Arsenal" Xavercni xarid qildi! U "CHelsi"da nimasi bilan esda qoldi?

Katta transfer.


Kay Xaverc "Arsenal" bilan 5 yillik shartnoma imzoladi. Insayder Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "CHelsi" nemis uchun bonuslar bilan birga 70+5,8 mln evro oladi. O'tishda Mikel Arteta muhim rolni o'ynadi, u "Arsenal"da Xavercni juda kutgandi.

Xaverc iyun oyi boshidayoq ketishi mumkin edi, ammo "Real" "CHelsi" talab qilgan 70+ mln evroni to'lashni rad etdi. Ispanlar 50 mln sarflashni rejalashtirishgan edi, shu sabab davogarlar orasida "Arsenal" va "Bavariya" paydo bo'ldi. Xaverc endilikda Londondan hech qaerga ketishiga to'g'ri kelmaydi.

"Arsenal" tarixida faqatgina bir o'yinchi uchun ko'proq pul to'lagan... Nikolya Pepe uchun. U 80 mln evro turgan.


Xaverc "CHelsi"da: CHL finalidagi g'alaba goli, ammo nostabil va APLda vaziyatlardan foydalanish bo'yicha muammolar


Kay "CHelsi"da deyarli uch yil o'ynadi: uni "Bayer"da 70 mln evro evaziga xarid qilishgandi.

Uning "CHelsi"dagi davri biroz g'alati chiqdi. Eng yorqin muddat – CHL-2020/21 finalidagi g'alaba goli. Kay Ederson bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozani ishg'ol qildi. "Man Siti"ga qarshi 1:0.



"Bunday vaziyatlar qandaydir darajada eng yomoni bo'ladi, sababi xato qilsang, video yutub, instagramga tushadi va umuman memlarga aylanadi. SHu sabab shunchaki "iltimos, men gol urishim kerak" deb o'yladim". Faqatgina keyinchalik bu eng yaxshi davrlar bo'lgani va futboldagi hislarni tushunasan", – deya tan oldi Xavercning o'zi.

Ammo, u baribir APL yulduziga aylana olmadi. 2022/23 yilgi mavsum Xaverc (butun "CHelsi"dagidek)da muammolar bo'ldi. Kayga vaziyatlardan foydalanish va barqarorlik etishmadi – u APLda jamoasining eng yaxshi to'purari bo'ldi, ammo 7ta gol bilan. Yana bir muhim jihat: Kayda kutilgan va amalga oshirilgan gollar bo'yicha Premer-ligadagi eng yomon ikkinchi ko'rsatkich (11,6), undan pastroq vaziyatlardan foydalanish ko'rsatkichi "Lids" o'yinchisi Patrik Bemfordga tegishli.

Xaverc 2023 yilning aprelida "CHelsi"ning muvaffaqiyatsizligini muhokama qildi: "Kelishuvim faqatgina ikki yildan so'ng yakuniga etadi. Men har ikki mavsumda jamoadan-jamoaga o'tadigan futbolchi emasman. Menga "CHelsi"da qulay, men muxlislarni va klubni sevaman. "Bavariya" bilan o'tganimdan beri muzokaralar olib bormaganman". Ammo, ikki oydan so'ng "Arsenal"ga keldi va Kay Londonni ko'kdan qizilga almashtirishga qaror qildi.



Xaverc yakunda "CHelsi"da 139ta o'yinda 32ta gol va 15ta assist qayd etdi. CHL finalisiz transferni muvaffaqiyatli deb atash qiyin bo'lardi. Ammo, "CHelsi" uchun asosiysi bu final bo'lgani. U bilan birga Xavercning g'alabali goli ham amalga oshdi. SHunday ekan, Kay allaqachon klub tarixida abadiy.


Sports.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика