"Arsenal" va "Manchester Yunayted" APLda o'ynayotgan xavbekning transferini ko'rib chiqmoqda
10 fev 17:50
Yangiliklar
"Arsenal" va "Manchester Yunayted" APLda o'ynayotgan xavbekning transferini ko'rib chiqmoqda
"Arsenal" va "Manchester Yunayted" Italiya terma jamoasi hamda "Nyukasl" yarim himoyachisi Sandro Tonalini transfer qilish imkoniyatini o'rganmoqda.
"Arsenal" transfer bozorida juda faol bo'lib qolmoqda va yaqindagi yirik xaridlardan keyin ham to'xtab qolishni rejalashtirmayapti. Londonliklar yozda "Nyukasl" yarim himoyachisini safiga qo'shib olmoqchi.

"Tuttosport" malumotlariga qaraganda, "kanonirlar" Angliyada eng yaxshi mavsumlaridan birini o'tkazayotgan italiyalik futbolchiga qiziqish bildirmoqda. Shuningdek, "Manchester Yunayted" ham o'yinchiga qiziqish bildiryapti.
Qayd etish joiz, Tonali joriy mavsum 37 o'yin o'tkazib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning "hakkalar" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi, bu esa ehtimoliy transfer katta mablag' talab qilishini anglatadi — "Nyukasl" futbolchini 100 mln funtga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон Суперкубоги. "Нефтчи" — 2026 йилги Ўзбекистон Суперкубоги соҳиби.
"Пахтакор" Суперкубокдаги ҳакамлик устидан шикоят киритди
Ла Лига. "Барселона" ўз майдонида "Севилья"ни тор-мор этди
ЕЧЛ. "Манчестер Сити" – "Реал Мадрид" 1:2
Fikrlar