“Arsenal” sobiq skauti amalga oshmagan transferlar haqida: “Messi Britaniyada faoliyat olib borish uchun ruxsatnomaga ega bo'lolmasdi, Pike esa …”
08 fev 2023 09:15
Yangiliklar
“Arsenal” sobiq skauti amalga oshmagan transferlar haqida: “Messi Britaniyada faoliyat olib borish uchun ruxsatnomaga ega bo'lolmasdi, Pike esa …”
“Arsenal” sobiq skauti Frensis Kajigao “Barselona” sobiq azolari Lionel Messi va Jerar Pikeni Londonga olib kelish uchun harakat qilganini esladi.
“Bu haqiqat, Messini “Barselona” akademiyasida bo'lganida sotib olishni tavsiya qilganman. Bizning bazamizda bo'lgan Pikeni ham.
Nega o'xshamadi? Messi bilan bog'liq vaziyat ko'ngildagidek emasdi va u Britaniyada ishlash uchun ruxsatnoma ega bo'lolmasdi. O'sha paytda uning vakili bo'lgan Orasio Gajoli bilan bir necha uchrashuvlar o'tkazganman, ammo bu amalga oshmadi.
Pikening transferi esa murakkab byurokratik muammo tufayli amalga oshmadi. Yakunda esa biz “Barselona” akademiyasining yorqin avlodidan Sesk Fabregas bilan shartnoma imzoladik”, deydi skaut.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar