So’nggi yangiliklar

23:31АПЛ. "Манчестер Юнайтед" меҳмонда "Астон Вилла"га мағлуб бўлди  12 23:24Бундеслига. Сенсация қайд этилмади, "Бавария" меҳмонда йирик ғалабага эришди  0 23:01"Навбаҳор" Мирсаидов билан шартномани узайтирди  2 22:50"Бухоро": Александр Хомяков билан ҳамкорлик давом эттирилади  5 22:28Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди.  69 21:41Флорентино Перес Клоппни "Реал"ни бошқаришга кўндирмоқчи  8 21:00Мастантуоно “Реал”дан кетиши мумкин?!   2 20:08БАА Про лигаси. "Ал Батаэҳ" 5 та гол урилган ўйинда ўйинда мағлубиятга учради, Ғаниевдан ассист  4 19:55Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Жирона"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  1 19:01ОФК Миллатлар лигаси ташкил этилмоқда  19 18:32Мауро Икардига Ла Лиганинг икки клуби даъвогарлик қилмоқда  2 17:58"Реал" "Бавария" юлдузини ўз сафига қўшиб олмоқчи. Мадридликларнинг бу борада икки рақиби бор  1 16:28"Реал Сосьедад" ўзига расман янги мураббий топди  5 15:58"Реал" Винисиус атрофидаги муҳитдан хавотирда  4 15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  1

"Arsenal" relsga qaytdi Yangiliklar

"Arsenal" relsga qaytdi

Teglar :  APL ArsenalArteta
Biroz oldin APL 23-turidan o'rin olgan o'yinda “to'pchilar” mehmonda “Aston Villa”ni mag'lub etishdi. Superkambek boshqacha tarif berish qiyin. Arteta boshchiligidagi jamoaning 4 o'yinlik (3 mag'lubiyat 1 durang) omadsiz seriyasiga barham berildi.

CHempionlik o'yini.


Nihoyat «Arsenal» chempionlik ritmini ushladi. O'yinda ikki bor hisobda ortda borib, 90+3 daqiqada g'alaba golini urgan londonliklar o'z relslariga ajoyib tarzda qayta olishdi. Bu g'alabaning oldingilaridan qiymatli tomoni shundaki, jamoa yiqilib qayta tura oldi. Yiqilib qayta tura olish esa ruhiy tomonlama katta kuch taqdim qiladi. «Arsenal»ning bugungi o'yini bir necha yil avvalgi «Liverpul»ning chempionlik mavsumidagi harakatlariga o'xshab ketdi. O'zi APLda chempion bo'lishning boshqa yo'li ham yo'q. Mahorat va istedodning o'zi kamlik qiladi. CHempionlikni maqsad qilgan jamoa, ruhiy tomonlama yuqori darajada bo'lishi lozim. Bugungacha “to'pchilar” shu jabhada oqsayotgandi.

Topqir Arteta.


Murabbiylar o'rtasidagi kurashda Unay Emeri Artetaga yutqazdi. Arteta qilgan o'zgarishlarning barchasi ishladi. O'yini chiqmayotgan, adaptaciyada muammoga uchrayotgan Trossar o'rniga tushirilgan Martinelli bir gol urdi va 90+3 daqiqada Jorjinyoni yaxshi vaziyatga olib chiqdi. Tomiyasu, Tirney, Viera umuman barcha murabbiy ishonchini oqladi. Arteta oldingi o'yinlardan farqli Martin Edegorni garchi charchab qolgan bo'lsada zaxiraga olmadi bu ham jamoa foydasiga ishladi.

Muammolar.


O'ng qanot himoyasi bo'yicha savollar ochiqligicha qolmoqda. Uayt va Tomiyasu stabil, ishonchli o'yin ko'rsata olmayapti. Leandro Trossar qanot hujumida o'zini yaxshi his qilmayapti. Aksiga olib Saka hamda Martinellida charchoq alomatlari ko'rinmoqda. Jorjinyo bo'yicha muammolar yo'q (hozircha), italiyalik “to'pchilar” tizimiga tezda qorishib ketdi. Buyog'iga lazaretdagilar safga qaytsa, Mikelning bosho'griqlari ancha kamayadi.

 

Jaloliddin Xalilov.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика