“Arsenal” qatorasiga 6-o'yinda g'alaba qozondi
16 okt 2022 23:24
Yangiliklar
“Arsenal” qatorasiga 6-o'yinda g'alaba qozondi
“Arsenal” joriy mavsum 13 o'yindan 12 tasida g'alaba qozonib, APL peshqadamligini saqlab qoldi.
Mikel Arteta shogirdlari Premer-liga doirasida "Lids"ni 1:0 hisobida mag'lub etishdi.
"Kanonirlar" chempionatning 10 o'yinida 27 ochko to'plashdi va tur yakunida birinchi o'rinni saqlab qolishdi.
"Arsenal" Premer-ligada ketma-ket 4-o'yinda va barcha musobaqalarda 6-o'yinda zafar quchdi. Joriy mavsumda londonliklar o'tkazilgan 13 o'yindan 12 tasida g'alaba qozondi. Yagona mag'lubiyat 4 sentyabr kuni APL doirasida "Manchester Yunayted"ga qarshi o'yinda (1:3) qayd etilgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Cуперлига. "Нефтчи" Фарғонада "Сурхон"ни мағлуб этиб, чемпионлик учун курашни давом эттирадиган бўлди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar