"Arsenal" Paketaga qiziqish bildirmoqda, ammo "Lion"ning talablari yuqori
10 iyu 2022 22:09
Yangiliklar
"Arsenal" Paketaga qiziqish bildirmoqda, ammo "Lion"ning talablari yuqori
"Lion" yarim himoyachisi Lukas Paketa faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.
"CBS" jurnalisti Ben Jeykobs xabariga ko'ra, "Arsenal" braziliyalik futbolchini sotib olishga qiziqmoqda. Franciya klubi yarim himoyachini sotishga tayyor, biroq u uchun kamida 65 million evro va bonuslar olishni istamoqda.
"Kanonirlar" bu miqdorni juda katta deb hisoblagani bois taklif bilan chiqmoqchi emas.
"Lion" prezidenti Jan-Mishel Olas klubda futbolchi bo'yicha taklif borligini aytgan, ammo u aynan qaysi jamoadan ekanligini ochiqlamagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Суперлига. "Насаф" "Навбаҳор" майдонида очко йўқотди
Месси МЛСдаги танаффус пайтида Саудия Арабистони клубига ўтмоқчи эди, аммо саудияликлар бунга рози бўлишмаган
Суперлига. "Шўртан" голларга бой ўйинда ОКМКни мағлуб этди
ЎзФҲМ Найим Қосимовга финалдаги ҳаракатлари учун неча баҳо қўйгани маълум
Fikrlar