"Arsenal" Kaysedo uchun 100 mln evrodan ko'proq to'lashi kerak
08 mar 2023 17:17
Yangiliklar
"Arsenal" Kaysedo uchun 100 mln evrodan ko'proq to'lashi kerak
"Arsenal" "Brayton" yarim himoyachisi Moyzes Kaysedo uchun qancha to'lashi kerakligi malum bo'ldi.
"Football Insider" xabariga ko'ra, London klubi 21 yoshli futbolchini safiga qo'shib olishga qiziqish bildirmoqda. "Brayton" katta ehtimol yaqinda shartnomasi 2027 yilgacha uzaytirilgan ekvadorlik uchun 100 mln evrodan ko'proq so'raydi.
Oldinroq Kaysedoning xizmatlariga "CHelsi" va "Liverpul" klublari qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.
Yarim himoyachi 2021 yilning fevralidan beri "Brayton"da to'p tepadi. U joriy mavsum klub safida barcha musobaqalarda 26 ta o'yinda qatnashib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining narxi 38 million evroga baholagan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон ўсмирлар терма жамоаси илк турда Парагвайни мағлуб этиб, мусобақани ғалаба билан бошлади
Суперлига. "Бухоро" ўз уйида бир киши кам "Нефтчи"дан очко тортиб олди
ЕЧЛ. "Ливерпуль" ўз уйида "Реал Мадрид"ни мағлубиятга учратди
ОЧЛ-2. "Андижон" кетма-кет тўртинчи марта 0:0 ҳисобида дуранг ўйнади
Fikrlar