So’nggi yangiliklar

Argentinaning JCH saralashi doirasida Braziliya va Urugvayga qarshi o'yinlarga tarkibi malum Yangiliklar

Argentinaning JCH saralashi doirasida Braziliya va Urugvayga qarshi o'yinlarga tarkibi malum

Argentina 2026 yilgi mundial saralashi doirasida 17 noyabr kuni Urugvayni qabul qilib, 22 noyabrda Braziliya mehmoni bo'ladi.

Amaldagi jahon chempionlarining bo'lajak ikki o'yiniga chaqirilgan futbolchilar malum bo'ldi.

Darvozabonlar: Emiliano Martines («Aston Villa»), Franko Armani («River Pleyt»), Xuan Musso («Atalanta»), Valter Benites (PSV);

Himoyachilar: Gonsalo Montiel («Nottinghem Forest»), Pablo Maffeo («Mallorka»), Nauel Molina («Atletiko»), Xerman Peccelya («Betis»), Kristian Romero («Tottenhem»), Lukas Martines Kuarta («Fiorentina»), Nikolas Otamendi («Benfika»), Markos Akunya («Sevilya»), Fransisko Ortega («Olimpiakos»);

Yarim himoyachilar: Leandro Paredes («Roma»), Gido Rodriges («Betis»), Enco Fernandes («CHelsi»), Rodrigo De Paul («Atletiko»), Eksekiel Palasios («Bayer»), Jovani Lo CHelso («Tottenhem»), Aleksis Mak Allister («Liverpul»);

Hujumchilar: Paulo Dibala («Roma»), Anxel Di Mariya («Benfika»), Lionel Messi («Inter Mayami»), Xulian Alvares («Manchester Siti»), Lautaro Martines («Inter»), Nikolas Gonsales («Fiorentina»), Lukas Okampos («Sevilya»). 


Eslatib o'tamiz, Argentina KONMEBOL saralashida 4-turdan so'ng 12 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика