Argentina terma jamoasi va "Barselona" sobiq bosh murabbiyi hayotdan ko'z yumdi
06 may 14:04
Yangiliklar
Argentina terma jamoasi va "Barselona" sobiq bosh murabbiyi hayotdan ko'z yumdi
Argentina terma jamoasining sobiq ustozi Sesar Luis Menotti 85 yoshida vafot etdi.
Bu haqda Argentina futbol associaciyasi sayti xabar berdi.
Menotti 1974 yildan 1978 yilgacha mamlakat terma jamoasini boshqargan. Uning qo'l ostida Argentina 1978 yil o'z uyida bo'lib o'tgan Jahon chempionligini qo'lga kiritgan.
U Argentinaning etakchi klublarida ham ishlagan - xususan, "Boka Xuniors", "River Pleyt", "Independente", Ispaniyaning "Barselona" (Ispaniya Kubogi, Ispaniya Liga Kubogi g'olibi) va "Atletiko" Madrid, Italiyaning "Sampdoriya", Meksika terma jamoasida faoliyat ko'rsatgan.
Fikrlar