So’nggi yangiliklar

09:03Модричнинг "Реал"даги келажаги маълум  2 08:31Sofascore. Захирадан майдонга тушган Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди  4 08:00Ўзбекистон Кубоги. 3-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  7 07:32ОКМК - "Нефтчи" ўртасидаги супер баҳсдан ёрқин ФОТОГАЛEРEЯ  0 05:24Юрген Клопп мураббийликка қайтмоқда, у Шомуродовга устоз бўлиши мумкин  10 02:02АПЛ. "Брайтон" ўз уйида Премьер-лига чемпионини мағлубиятга учратди  3 00:58Виталий Левченко: "Юлдузли жамоалар ҳар доим ҳам натижага эришавермайди. Шунчалик саволларингиз кўп-ми?"  7 00:44ЦСКА мағлубиятдан қутилиб қолди, Файзуллаев захирадан майдонга тушди  5 00:30Суперлига. Тўхтахўжаев ОКМКни мағлубиятдан қутқариб қолди, Аброр Исмоилов эса икки дақиқа ичида иккита гол урди  4 00:27Миржалол Қосимов: "Биз биринчи ўринга чиқиб олдик. У захирада уйқусираб ўтирган эди"  6 00:05Аморим қишда МЮни тарк этиши мумкин эди, аммо...  1 23:10"Ман Сити" Виртцнинг трансфер нархи юқорилиги сабабли ундан воз кечди. Келишув клубга умумий ҳисобда 300 миллион еврога тушиши мумкин эди (BBC)  4 22:28Украина, Англия, Польша, Дания, Балтика мамлакатлари ва Япония Россиянинг қайтишига қатъиян қарши. Жанубий Америка мамлакатлари эса аксинча  21 21:57Суперлига. Олмалиқда дарвозаларга 4 та гол урилган ўйинда ғолиб аниқланмади  106 21:17Гвардиола Чемпионлар Лигаси учун кураш ҳақида: "Бизга яна 4 очко керак"  12

Arab sayti Saudiya Arabistoni haqida iliq fikr bildirib, Yaman bilan o'yinning 5 jihatiga etibor qaratdi Yangiliklar

Arab sayti Saudiya Arabistoni haqida iliq fikr bildirib, Yaman bilan o'yinning 5 jihatiga etibor qaratdi

Saudiya Arabistoni milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichida Yaman termasi ustidan 3:0 hisobida zafar quchdi.

Ayni paytda saudiyaliklar "D" guruhida 14 ochko bilan birinchi o'rinda borishyapti. Jamoa 4 bor g'alaba qozonib, ikki marta durang o'ynadi. To'plar nisbati 16-4. Arabnews.com sayti ushbu uchrashuv haqida maqola yozib, Saudiya Arabistoni ishtirokiga yuqori baho berdi va 5ta jihatga etibor qaratdi. 

1. Erve Renarning tasiri bilinyapti

Navbatdagi jahon chempionatiga chiqish uchun Saudiya Arabistoni futbol federaciyasi yangi murabbiyni taklif etdi. Franciyalik mutaxassis Erve Renar JCH-2018da Marokash termasi bilan ishtirok etgan. Albatta, har qanday yangi murabbiyga vaqt kerak. Erve Renar uchun ham boshida oson bo'lmadi. Masalan, Bahraynda o'tkazilgan Yamanga qarshi birinchi o'yinda saudiyaliklar 2:2 hisobini qayd etishdi. Bu o'ziga xos sensaciya bo'lgandi. Lekin ikkinchi bahsda uning jamoasi 3:0 hisobida zafar quchdi. Aytish mumkinki, saudiyaliklar Renar qo'l ostida o'yindan o'yinga yaxshi harakat qilishmoqda. Bu esa murabbiyning ham yaxshi ishlayotganini ko'rsatadi.


2. Fahad Al Muvalladning goli

"Al Ittihod" futbolchisi Fahad Al Muvallad bir necha oylik tanaffusdan so'ng yana bosh jamoaga chaqirildi. Aytish mumkinki, 26 yoshli futbolchi hatto doping tufayli malum muddat diskvalifikaciyani boshdan o'tkazdi. Uning Yaman termasiga kiritgan goli juda chiroyli ko'rinish oldi. O'yindan keyin yamanlik darvozabon Muhammad Ali Ayash gol haqiqatan chiroyli bo'lganini va o'sha payt raqib o'yinchisi darvozaga zarba berishini umuman kutmaganini aytib o'tdi.


3. O'zbekistondan bo'layotgan bosim

Saudiya Arabistoni terma jamoasi o'z o'yinlarini yutyapti, lekin ikkinchi o'rindagi O'zbekiston ham g'alaba qozonib peshqadamni tinmay taqib qilmoqda. O'zbekiston terma jamoasida istedodli futbolchilar ko'p, lekin muammo shundaki, ular hali jahon chempionatiga chiqmagan. Saudiya Arabistoni esa bu borada tajribaga ega va bu narsa o'zaro o'yinlarda ham ko'rinsa kerak.


4. Terma jamoaning o'ng qanoti yaxshi ko'rinyapti

Saudiya Arabistoni terma jamoasining aksar hujumlari o'ng qanotdan yuzaga keldi. Bu o'rinda Sultan Al Gannamning harakatlari alohida etirofga loyiq. 27 yoshli himoyachi jarohat olgan Muhammad Al Buraykning o'rnini munosib yopa olyapti. Yaman bilan bahsda Sultan Al Gannam o'ng qanotda tinmay harakat qildi, bu esa raqib futbolchilariga ancha boshog'riq tug'dirdi. 


5. Yaman ham anoyi emas 

Garchi 0:3 hisobida yutqazgan bo'lsa-da, Yaman terma jamoasini o'ta kuchsiz deb bo'lmaydi. Bu jamoa guruhda oxirgi o'rinda bo'lgani bilan keyingi ikki uchrashuvda g'alaba qozonishga urinib ko'radi. Yaman termasining navbatdagi ikkita uchrashuvi O'zbekiston va Falastinga qarshi bo'lib o'tadi. Yamanliklar guruh o'yinlarini Falastindan yuqorida tugatishni maqsad qilgan, shunday ekan jamoa qolgan ikkita o'yinda borini beradi. 

Reyting: -13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика