So’nggi yangiliklar

00:04АПЛ. "Арсенал" - "Манчестер Сити" баҳси асосий таркиблари маълум!  5 23:56"Атлетик" — "Реал". Беллингем, Мбаппе ва Родриго асосий таркибда  0 23:32АПЛ. "Манчестер Сити", "Ливерпуль" ва "Челси" жамоалари иштирокидаги ўйинларнинг таркиблари билан танишинг  3 23:15Озарбайжон кубоги. "Сумқайит" кейинги босқичга чиқди, Жалолиддинов 120 дақиқа ҳаракат қилди  0 22:54ОЧЛ-2. "Насаф" навбатдаги мағлубиятини қабул қилиб олиб, мусобақани тарк этди  117 22:34"Байер" Вирцнинг нархини белгилади  2 21:40АПЛ тўртта топ клуби Испания терма жамоаси юлдузига қизиқмоқда  1 20:47"Боруссия Д" қишда Маленни қўйиб юборишга тайёр  0 20:18"Шабаб Ал Аҳли" — "Насаф". Таркиблар маълум  8 19:54Илёс Қурбонов: "Қаршида ўйнаб қайтганимиз сабабли тайёргарлик кўриш учун бизда 1 кун вақт бўлди"  5 19:45Баҳром Ҳайдаров: "Суперлига ва Про лига жамоалари ўртасидаги фарқ сезилмади"  9 19:31Суперлига учун ўтиш ўйини. "Қўқон-1912" – "Металлург" 1:1. Highlights  1 19:17ФИФА ЖЧ-2034 саналарини белгилашда қийналмоқда  5 18:54"Қўқон-1912" пенальтилар сериясига кўра "Металлург"ни мағлубиятга учратиб, Суперлигага йўл олди. Дарвозабон Азизхон Исақов – қаҳрамон!  97 18:28"Бавария" хавбекига рекорд даражадаги шартномани таклиф қилишга тайёр  1

AQSH, Meksika, Ispaniya, Argentina bilan o'yinlar odatiy holga aylanmoqda. O'FA xalqaro bo'lim vakillari bilan suhbat Yangiliklar

AQSH, Meksika, Ispaniya, Argentina bilan o'yinlar odatiy holga aylanmoqda. O'FA xalqaro bo'lim vakillari bilan suhbat

O'zbekiston milliy terma jamoasi sentyabr oyida AQSHda AQSH va Meksika terma jamoalari bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazishidan xabaringiz bor.

FIFA reytingida 11 va 12-o'rinlarni egallab turgan jamoalarga qarshi har kuni ham o'ynayvermaymiz. 2026 yilgi Jahon chempionati mezbonlari bilan qandaydir 4 kun ichida o'yin o'tkazadigan davrlarga ham etib keldik. Xo'sh, bu jamoalar bilan muzokaralar qanday kechdi, umuman O'FA xalqaro bo'limi faoliyati qanday kechmoqda? SHu kabi savollarga javob olish maqsadida O'FAga bordik.


- AQSH va Meksikadek kuchli terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvi bo'yicha kelishuvga erishish jarayoni qanday kechdi? Oldinlari bilamiz o'rtoqlik o'yinlari uchun kuchli raqibga katta pul to'lamasak biz bilan o'ynamas edi. AQSH va Meksikaga qancha pul to'landi?

Usmon Toshev (O'FA terma jamoalar bo'limi boshlig'i):
O'FAda o'z ishini, futbolni sevadigan mutaxassislar ishlab kelmoqda. Xalqaro bo'limni oladigan bo'lsak SHerzod Igamberdiev boshchiligidagi jamoa katta hajmdagi ishni amalga oshirmoqda. O'tgan yildan boshlsak Kamerun, Kosta-Rika, Boliviya va Venesuela kabi kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari tashkil etildi. Sentyabr oyida AQSH va Meksika bilan o'ynaymiz. Bilishimcha bularning hech birida O'FA ularga pul to'lamagan. SHunchaki standart shartlar bo'yicha kelishuvga erishganmiz, yani biz borsak o'zimiz uchib borish uchun chiptalar olamiz va mezbon davlat yashash xarajatimizni qoplaydi. Agar raqib Toshkentga kelsa biz ularning yashashini qoplaymiz, o'zlari uchib kelishadi.

SHerzod Igamberdiev (O'FA xalqaro aloqalar bo'limi boshlig'i): AQSH bilan o'rtoqlik o'yinini o'tkazish bo'yicha muzokara may oyidan boshlangandi. AQSH tomoni yashash xarajatlarimizni to'liq, uchib borish xarajatlarimizni qisman qoplab beradigan bo'ldi. Meksika ko'p o'yinlarini AQSHda o'tkazib keladi, sababi u erda meksikaliklar diasporasi mavjud va stadionlar doim muxlislar bilan to'ladi.




- Bugun xabar chiqdi, Ispaniya U-21 oktyabr oyida Toshkentga keladi. Ispaniyani ko'ndirish qiyin bo'lmadimi?
SHerzod Igamberdiev:
Yo'q, qiyin bo'lmadi. Biz ishimiz davomida Evropa, Amerika, Afrika qitasida o'ynaydigan turli yoshdagi terma jamoalar, ayollar, futzal jamoalarining taqvimini doimiy o'rganib boramiz. Ispaniyaning taqvimini o'rganib chiqdik va oktyabr oyida Qozog'istonga Evropa chempionati saralashi doirasidagi rasmiy o'yinga kelishini bildik. To'g'ridan to'g'ri, agentlarsiz Ispaniya futbol federaciyasiga xat bilan chiqdik va ularni Qozog'istonga borishdan oldin Toshkentga taklif qildik. Ular standart sharoitlar asosida rozi bo'lishdi, yani uchib kelish ulardan, biz tomondan yashash xarajatlari. To'g'ri chetdan barchasi osondek ko'rinishi mumkin, biroq bunday vaziyatda raqiblarning rejalarini oldindan ko'ra bilish ham kerak

Usmon Toshev: Oxirgi paytlarda asosan Evropa va Janubiy Amerika qitasi vakillari bilan o'ynayapmiz. Faqat milliy terma jamoa haqida gapirmayapman, olimpiya terma jamoasi, U-20, U-17, ayollar va futzal jamoalari ham yodimizdan chiqmayapti. Osiyo qitasidagi bizdan nufuzi pastroq jamoalar bilan endi faqat uchib borishimiz va yashashimizni to'liq qoplasagina o'ynaymiz, shunda ham murabbiy rejasiga mos tushsa. Agar murabbiyga o'sha paytda sparring raqib sifatida Osiyo jamoasi kerak bo'lmasa, biz boshqa kuchliroq raqib topamiz.

- Keyingi rejalar haqida ham ayta olasizmi? Osiyo kubogiga tayyorgarlik qanday bo'ladi?
SHerzod Igamberdiev:
Dekabr oyida Osiyo kubogidan oldin Dubayda deyarli bir oylik yig'in tashkil etiladi. Oldinlari bunday yig'inlar agentlar orqali tashkil etilardi va buning uchun agentlarga yaxshigina pul to'lanardi. Hozirgi kunga kelib Dubaydagi mehmonxona bilan to'g'ridan-to'g'ri gaplashdik va bron qildik, shartnoma tuzdik, hech qanday agentlarsiz. O'rtoqlik o'yinlari bo'yicha ham bir qancha variantlar bor, muzokaralar ketmoqda. 27 iyul kuni JCH-2026 saralashiga qura tashlanadi, shundan keyin raqiblar bilan yakuniy shartnoma tuziladi. Sababi hozir qaysidir jamoa bilan dekabrda o'ynash bo'yicha kelishib qo'ysak va qurada o'sha jamoa bizning guruhga tushib qolsa baribir o'yin bekor qilinadi. Yaxshisi qura o'tishini kutamiz va keyin shartnoma tuzamiz. O'rtoqlik o'yinlarini ham agentlarsiz hal qilyapmiz, bu orqali kattagina pullar iqtisod qilinmoqda. Iqtisod qilinayotgan pullarni turli yoshdagi, ayollar va futzal terma jamoalarimizga yo'naltiryapmiz.

SHu yilning o'zida bir yo'la ikkita jamoamiz: U-20 va U-17 Jahon chempionatiga chiqdi. Bu o'z-o'zidan bo'lgani yo'q. Albatta futbolchilarning, murabbiylarning xizmati beqiyos. Biroq o'yin atrofidagi xodimlarning ham xizmati borligini unutmaslik kerak.

Usmon Toshev: 2 yil oldin O'FAga kelganimizda keyingi oy kim bilan o'ynashimizni bilmasdik. Hozir esa xalqaro bo'limdagi malakali xodimlar tufayli 7-8 oy oldinga raqiblarni topayapmiz, muzokara o'tkazyapmiz. Maqsadimiz oldindagi 2 yil uchun raqiblarimiz aniq bo'lishi, agar hech qanday to'siq xalal bermasa shu darajaga chiqa olamiz. Nega Evropaning top jamoalari bilan o'ynamayapmiz? CHunki ularda allaqachon 2 yilllik reja bor. Biz ham shundan tizimga tushib olsak va ancha oldin reja tuzishni boshlsak o'sha grandlar bilan ham o'ynashni boshlaymiz.




Davron Ahmedov (O'FA xalqaro bo'lim mutaxassisi): Avgust oyida Bahodir Ahmedov boshchiligidagi O'zbekiston futzal terma jamoasi Finlyandiya bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazib qaytadi. Finlyandiya ayni paytda Jahon reytingida 20-o'rinda bormoqda, taqqoslash uchun O'zbekiston bu reytingda 24-pog'onada. Sentyabr oyida esa O'zbekistonga Jahon reytingida 4-o'rinda turgan Argentina terma jamoasi keladi. Futzalda raqib topish katta futboldagi kabi qiyin emas, chunki futzalda pul katta rol o'ynamaydi. Argentina bilan ham standart shart bo'yicha kelishdik, ular uchib kelishini o'zi to'laydi, biz faqat mehmonxona bilan taminlaymiz, mashg'ulot o'tkazishi uchun sharoit yaratib beramiz.

- Sizlarni qiynayotgan muammolar ham bormi?
SHerzod Igamberdiev:
SHu o'rinda championat.asia sayti orqali kichik elon bermoqchi edim. Ko'p muxlislarimiz kuchli jamoalar bilan o'ynashimizni xohlaydi, lekin negadir homiylar bunga beetibor bo'lib kelishmoqda. Xorijda, Osiyoda va ko'plab mamlakatlarda mahalliy homiylar terma jamoalarga moliyaviy tomonlama juda katta yordam beradi.

O'zbekistonning turli terma jamoalari so'nggi paytlarda kuchli jamoalar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkazishmoqda. Oldinda milliy terma jamoamiz AQSH va Meksika bilan, U-23 terma jamoasi esa Ispaniya U-21 bilan o'ynaydi, futzal terma jamoamiz esa avgustda Finlyandiya, sentyabr oyida Argentina bilan o'ynaydi. O'rtoqlik o'yinlaridan oldin homiy tashkilotlar O'FA bilan shartnoma tuzishi va o'z mahsulotini reklama qilib olishlari mumkin. Homiylarda istak bo'lsa biz hamkorlikka tayyormiz. O'rtoqlik o'yinlarida mashg'ulot liboslari, stadion bannerlarga homiy logotiplarini joylashtira olamiz.

- Sizdan terma jamoamiz bosh murabbiyi Srechko Katanecning sog'ligi haqida so'ramasam bo'lmaydi...
Usmon Toshev:
Srechko Katanecning sog'ligi hozir ancha yaxshi. Har kuni telefon orqali gaplashib turibmiz. Xudo xohlasa O'zbekiston terma jamoasini sentyabr oyidagi AQSH va Meksika bilan o'rtoqlik o'yinlariga Katanecning o'zi olib boradi.





- Xalqaro bo'limning ishi faqat o'rtoqlik o'yinlariga raqib topish va yig'in tashkil etishdan iboratmi?
SHerzod Igamberdiev:
Yo'q faqat bu emas, biz FIFA va OFKning turli dasturlarida ishtirok etib kelyapmiz. Osiyo qitasidan faqat O'FA vakillarigina barcha FIFA dasturlarida faol qatnashmoqda. Maktablarda futbol dasturi bo'yicha bizga 17,5 ming dona futbol to'pi taqdim etildi, ayollar futboli rivojlanish dasturi, FIFA Forward dasturidan kelib tushadigan pullar O'FA byudjetini yaxshigina qoplaydi.

FIFA Forward dasturi bo'yicha 4 yillik cikl uchun, 2023-2026 yillarga, O'FAga 8 million dollar ajratadi. SHu pullarga Toshkent viloyatida FIFA bilan hamkorlikda tashkil etilayotgan O'zbekiston terma jamoalari markazi qurilmoqda. FIFA bu dastur bo'yicha boshqa davlatlarga ham pul ajratadi. Bu pulni olish uchun ko'plab talablarga javob berishimiz kerak, ajratilgan pullar ishlatilganidan keyin hisobot beriladi, agar barcha hisobotlar to'g'ri bo'lsa FIFA pulni bo'lib-bo'lib yuboradi. AFC Enhace Programme dasturi bo'yicha OFKdan har yili 500 ming dollar olamiz. Bunda ham berilgan pullarni aynan nima maqsadda ishlatishimiz va sarflangan pullar bo'yicha hisobotni yuborishimiz kerak.

Bundan tashqari biz UEFA bilan ham ishlaymiz. 2019 yil UEFA vakillari UEFA Assist dasturi doirasida yurtimizga kelishgan va O'zbekiston futbolini to'liq o'rganishgan va qanday yo'nalishlar bo'yicha o'sishimiz mumkinligi bo'yicha hisobot tayyorlashgandi. UEFA Assist dasturi bo'yicha o'tgan yil O'zbekiston ayollar terma jamoamiz Vengriyaga borib o'rtoqlik o'yini o'tkazgandi, U-17 ayollar terma jamoamiz esa Mo'g'ulistonga borgandi. Bu safarlarning xarajatlari to'lig'icha UEFA tomonidan qoplab berilgandi.

Bu yil yurtimizga FIFA prezidenti Janni Infantino keldi, o'tgan yil FIFA bosh kotibi Fatma Samura kelgandi, OFK prezidenti SHayx Salmon ham tashrif buyurdi, 2022 yil Toshkentda FIFA World Cup™ Trophy Tour by Coca-Cola tadbiri bo'lib o'tgandi, xudo xohlasa bu yil oktyabr oyida katta tadbir rejalashtirilgan.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика