APLda martning eng yaxshi futbolchisi malum qilindi. Bu Son yoki Palmer emas
12 apr 2024 19:15
Yangiliklar
APLda martning eng yaxshi futbolchisi malum qilindi. Bu Son yoki Palmer emas
"Fulxem" hujumchisi Rodrigo Munis APLning mart oyidagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Bu haqda liga rasmiy sayti xabar berdi.
Mart oyida braziliyalik forvard "dachaliklar" safida 4 ta o'yin o'tkazib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Umuman, 22 yoshli futbolchi joriy mavsum "Fulxem" safida 27 ta o'yinda 9 ta gol urdi va 1 ta golga assistent bo'ldi.

Mart oyining eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun davogarlar orasida Aleksander Isak ("Nyukasl"), Koul Palmer ("CHelsi"), Son Xyon Min ("Tottenxem"), Aleksis Mak Allister ("Liverpul", Entoyn Semeno ("Bornmut") va Ben Uayt ("Arsenal") kabi futbolchilar bor edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Al Ain Cup. Остон Ўрунов порлаган оқшомда Ўзбекистон Мисрни мағлуб этди, финалда яна Эрон билан ўйнаймиз
U-17 Жаҳон чемпионати. Ўзбекистон U-17 терма жамоаси пенальтилар сериясида Хорватияни енгиб, кейинги босқичга йўл олди
ЖЧ саралаши. Португалия Роналдусиз рақиб дарвозасига 9 та тўп киритиб, мундиалга чиқди
Криштиану Роналду фаолиятида илк бор Португалия термаси сафида қизил карточка олди
Fikrlar