APL. Pulishich so'nggi daqiqalarda gol urib, "CHelsi"ga zafar keltirdi, "Byornli"da muhim g'alaba, "Sautgempton"da esa jangovar durang
24 apr 2022 19:59
Yangiliklar
APL. Pulishich so'nggi daqiqalarda gol urib, "CHelsi"ga zafar keltirdi, "Byornli"da muhim g'alaba, "Sautgempton"da esa jangovar durang
"Byornli" o'z uyida "Vulverxempton"ni mag'lub qilib, "xavfli hudud"dan biroz yiroqlashdi (17-o'rin).
"CHelsi" "Stemford Brij"da sal qolsa g'alaba qozona olmasdi, chunki Jorjino 87-daqiqada penaltidan unumli foydalana olmagandi. Ammo "aristokratlar"ning amerikalik azosi Kristian Pulishich so'nggi daqiqa o'tib borayotganda katta sahnaga chiqdi va "CHelsi"ga chiroyli g'alaba olib keldi.
Uchinchi o'yinda "Sautgempton" Uord-Prouzning dubli evaziga irodali durang qayd etdi.
Angliya chempionati
34-tur
Byornli – Vulverxempton 1:0
«Terf Mur»
Gol: 1:0 – 62 Vidra.
Byornli – Poup, Roberts, Tarkovski, Kollinz, Teylor, Kork, Braunxill, Maknil (Long, 85), Vidra (Lennon, 71), Vegorst, Rodriges (Barns, 64).
Vulverxempton – Joze Sa, Semedu, Boli, Koudi, Saiss (Trinkau, 79), Kastro, Dendonker, Moutinyu, Xvan Xi CHxan, Ximenes, Fabiu Silva (Netu, 67).
Ogohlantirishlar: Vidra (33), Teylor (77), Barns (90), Netu (90).

CHelsi – Vest Xem 1:0
«Stemford Brij»
Gol: 1:0 – 90 Pulishich.
Gol urilmagan penalti: Jorjino 87' (darvozabon)
CHelsi – Mendi, Aspilikueta, Tiago Silva, CHaloba, Alonso, Loftus-CHik (Ziesh, 76), Jorjino, Kante, Maunt, Xavertc (Lukaku, 76), Verner (Pulishich, 76).
Vest Xem – Fabianski, Coufal, Douson, Kressuell, Djonson, Masuaku, Yarmolenko (Bouen, 73), Nobl (Rays, 62), Souchek, Fornals, Benraxma (Lansini, 78).
Ogohlantirish: Alonso (82).
CHetlatish: Douson (86).

Brayton – Sautgempton 2:2
«Falmer»
Gollar: 1:0 – 2 Uelbek, 2:0 – 44, avtogol Salisu, 2:1 – 45 Uord-Prouz, 2:2 – 54 Uord-Prouz.
Brayton – Sanches, Veltman, Dank, Uebster (Gross, 62), Kukurelya, Mak Allister, Mvepu (March, 61), Kaysedo, Uelbek, Trossard, Mope (Sarmiento, 85).
Sautgempton – Forster, Livramento (Perro, 37), Bednarek, Salisu, Uoker-Piters, Redmond, Tella (Armstrong, 66), Romeu, Uord-Prouz, Long (Broya, 79), Adams.
Ogohlantirish: Kukurelya (45).

O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Тимур Кападзе дунёнинг энг кучли мураббийлари орасида кучли ўнликка кирди!
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
Расман: Ислом Тўхтахўжаев — "Андижон" футболчиси!
Fikrlar